• Наши Правила
  • Контакты
  • Статистика
  • Регистрация
  • Вход в аккаунт

Beruniy.Net

  • В начало
  • Новости
    • Новости Узбекистана
    • Новости Шоу-Бизнеса
    • Новости Технологий
    • Новости Мира
  • Музыка
    • Берунийская Музыки
    • Узбекская Музыки
    • Зарубежная Музыки
  • Клипы
    • Берунийские Клипы
    • Узбекские Клипы
    • Зарубежные Клипы
  • Концерты
  • Фотогалерея
    • Shou-Biznes
    • Обои
  • Футбол
    • Новости Футбола
    • Футбол Видео
  • Мобильная Версия

Beruniy.Net » Новости » Новости Технологий » O‘zbekistonda “Google solig‘i” joriy qilinishi mumkin

O‘zbekistonda “Google solig‘i” joriy qilinishi mumkin  

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga elektron shaklda xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy tashkilotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini joriy etishni rejalashtirilmoqda, deb yozadi “To‘g‘ri.uz”.
O‘zbekistonda “Google solig‘i” joriy qilinishi mumkin

Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasida buning uchun alohida bob ko‘zda tutilgan. Hujjat matni Moliya vazirligi tomonidan muhokamalar portalida e’lon qilingan.

Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda Internetga avtomatik tarzda kirish orqali ko‘rsatiladigan elektron shakldagi xizmatlar uchun QQS “Google solig‘i” deb ataladi.

Soliq jismoniy shaxslarga reklama joylashtirish, qidiruv tizimlarga kirish imkonini taqdim etish, statistika yuritish, onlayn-savdo maydonchalari, striming servisi ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga nisbatan joriy etilishi mumkin.

O‘zbekistonda internet segmentida bunday xizmatlarni Google, Yandex, Alibaba, Netflix kabi kompaniyalar ko‘rsatadi.

Aksariyat internet kompaniyalarning O‘zbekistonda vakolatxonasi yo‘q hamda ular soliq to‘lamaydi.

Soliq kodeksi loyihasi o‘zbekistonlik foydalanuvchilar tomonidan chet el internet-kompaniyalaridan dasturiy ta’minot va kontent xarid qilish uchun QQSni joriy etadi.

Moliya vazirligi Google va Apple kabi kompaniyalarga soliq organlarida hisobga o‘tib, O‘zbekistondagi savdolari haqida hisobot berishni taklif etmoqda.

Shunda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar quyidagi harakatlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi:

Soliq organida hisobda turish;
Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali har oy hisobot topshirishi;
O‘zbekiston jismoniy shaxslariga elektron shaklda ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatidan QQSni hisoblash va to‘lash.
O‘zbekistonda QQS stavkasi 20 foizni tashkil etishi hisobga olinsa, dasturiy ta’minot va kontent narxi oshishi mumkin. Biroq bu masala bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Автор :Yusufbek   Просмотров:352   комментариев : 0 
Нравится 0

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.

Назад

Похожие:

  • O‘zbekistonda ismli avtoraqamlarni joriy etish taklif qilindi

    O‘zbekistonda ismli avtoraqamlarni joriy etish ...

  • O'zbekistonda internet-kanalni kengaytirish bo'yicha «keng ko'lamli loyiha» oxirgi bosqichga kirdi

    O'zbekistonda internet-kanalni kengaytirish ...

  • O‘zbekistonda Wi-Fi’dan foydalanishning yangi tartibi joriy qilindi

    O‘zbekistonda Wi-Fi’dan foydalanishning yangi ...

  • Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqalar to‘loviga mablag‘ olish uchun talabnomalarni elektron shaklda qabul qilish xizmati joriy etildi

    Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va ...

Информация


Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Топ Клипы

  •   Dastanbek Baltaev - Olislora  
  •   Клава Кока - Пьяную домой  

Топ Музыки

  •   Azamat Omonov - Popuri  
  •   Osman Navruzov - Hastasiyim  
  •   Miyagi ft Andy Panda - All the Time  
  •   Boburbek Arapbaev - Daram-daram  
  •   Oybek va Nigora - Sen uchun  
  •   Dilso'z - Yurak  
  •   Sevinch Ismoilova - Деньги Деньги  
  •   Ruslan Ataniyazov - Mayajon  
  •   Sharof Sapaev - Alam alam  
  •   Jasur Mansurovich - Sog'inmadingmi  


все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать

Reklama

Популярные Новости

    Опрос

    Saytimiz sizga yoqdimi?


     
      © Beruniy.Net 2016-2020