O‘zbekiston Prezidenti lavozimi kimga nasib etadi?
2016 yilning 4 dekabr sanasi xalqimiz xotirasida uzoq yillar muhrlanib qolishi aniq. O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan navbatdan tashqari saylov butun dunyoning e’tibor markazida bo‘ldi.
Saylovda to‘rt siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan nomzodlar – “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Sarvar Otamuratov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, Xalq demokratik partiyasidan Hotamjon Ketmonov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarovning saylovdagi ishtiroki sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Albatta, bugungi saylovda O‘zbekiston Respublikasining millionlab fuqarolari ishtirok etib, o‘zi tanlagan nomzodga ovoz berdi. Hatto, xorijda istiqomat qilayotgan respublikamiz fuqarolari ham bu jarayonga befarq qarab turishgani yo‘q. To‘g‘ri-da, mamlakatning ertangi kunini hal etish nafaqat konstitutsion huquq, balki fuqarolar oldida turgan katta mas’uliyatli vazifa hamdir.
Bugun kun davomida saylov borasida yangiliklarni tezkor tarzda hukmingizga havola etib bordik. Soat 6:00 dan boshlangan ovoz berish jarayonlari soat 20:00 ga qadar davom etdi. G‘alvir suvdan ko‘tarilib, saylov natijalari e’lon qilinishga ham ma’lum vaqt qoldi.
Eng muhimi saylov tenglik va demokratik tamoyillarga mos tarzda o‘tdi. Buni O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijlik mutaxassislar ham e’tirof etdilar.
Hozir xalqimiz uchun hayajonli palla. Hammani bir savol qiziqtiryapti: Prezidentlik lavozimi kimga nasib etadi?скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Ayol xonandalardan qaysilari yoqadi?