Messi jarohati tufayli uch hafta maydonga tusha olmaydi
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Atletiko”ga qarshi (1:1) Ispaniya chempionati 5-tur uchrashuvida jarohat oldi va uch haftaga safdan chiqdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Uchrashuvning 55-daqiqasida translyatsiya rejissorlari argentinalik futbolchi sonining ichki tomonini ushlayotganini ko‘rsatdi. Bir necha daqiqa o‘tib Messi zaxiraga olindi va uning o‘rniga Arda Turan maydonga tushdi.
Messi, katta ehtimol bilan, Ispaniya chempionati doirasidagi “Sporting Xixon” va “Selta” hamda YChLda “Borussiya Myonxengladbax” bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Shuningdek, argentinalik 29 yoshli futbolchi JCh—2018 saralash bahslari doirasida milliy termasining Peru va Paragvayga qarshi o‘yinlarida ham maydonga tusha olmaydi.
Bu haqda “Daryo” nashri xabar beradi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Qanday brauzerdan foydalanasiz?