Beruniy tumani bandlikka ko‘maklashish markazi Oliy ta’lim va kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini, shuningdek ish izlovchi fuqarolar va yoshlar badligini ta’minlash maqsadida maxsuslashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalarini o‘tkazish bo‘yicha reja jadvaliga va tuman xokimligining 47/02-07 sonli qaroriga muvofiq 2018 yil 13 iyul kuni Beruniy tumani Pedogogika kollejida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Yarmarkada 29 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining 166 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. Yarmarkaga 102 nafar ishsiz fuqarolar jalb qilindi. Shundan, yoshlar 51 nafar, kollej bitiruvchilari 22 nafar, ayollar 28 nafarni tashkil qildi.
Yarmarkaga jalb qilingan 112 nafar fuqarolardan 15 nafariga ishga joylashi uchun yo‘llanmalar berildi. Shundan 15 nafar fuqaro ishga joylashtirildi.
Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilardan 8 nafari umumiy o‘rta ta’lim o‘qituvchisi vazifasiga, 1 nafari tuman veterinariya bo‘limiga veterinar vrachi vazifasiga, 1 nafari o‘rta -maxsus kollej bitiruvchisi Beruniy tumani yo‘l xo‘jaligi korxonasiga ishchi vazifasiga, 5 nafari boshqa korxonalarga ishchi sifatida ishga joylashtirildi.
Shundan 12 nafari yoshlar, Ayollar 7 nafarni tashkil qildi. Shuningdek, 47 nafar ish izlovchi fuqarolarning bandligini ta’minlash to‘g‘risida tegishli tartibda tushuntirishlar berildi. Maslaxat berilgan fuqarolardan 23 nafari yoshlarni, 12 nafari kollej bitiruvchilarini, 11 nafari ayollarni tashkil qildi.
Bundan tashqari, yarmarkada tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, tumanda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlari bilan qatnashdi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Qanday brauzerdan foydalanasiz?