• Наши Правила
  • Контакты
  • Статистика
  • Регистрация
  • Вход в аккаунт

Beruniy.Net

  • В начало
  • Новости
    • Новости Узбекистана
    • Новости Шоу-Бизнеса
    • Новости Технологий
    • Новости Мира
  • Музыка
    • Берунийская Музыки
    • Узбекская Музыки
    • Зарубежная Музыки
  • Клипы
    • Берунийские Клипы
    • Узбекские Клипы
    • Зарубежные Клипы
  • Концерты
  • Фотогалерея
    • Shou-Biznes
    • Обои
  • Футбол
    • Новости Футбола
    • Футбол Видео
  • Мобильная Версия

Beruniy.Net » Новости » Новости Мира » Birinchi “El-Klasiko” haqida bilasizmi? Unda kim g`alaba qozongan?

Birinchi “El-Klasiko” haqida bilasizmi? Unda kim g`alaba qozongan?  

Bugun, 23 aprel kuni Ispaniyaning ikki grand klubining to`qnashuvi bo`lib o`tadi, deb yozadi Darakchi. Bu qarama-qarshilik birinchi marta qachon boshlangani to`g`risida ko`pchilik bilmasa kerak.
Birinchi “El-Klasiko” haqida bilasizmi? Unda kim g`alaba qozongan?

Birinchi “El-Klasiko” 1902 yilning 13 may kuni bo`lib o`tgan. U paytda "Real" klubi "Madrid" nomi ostida maydonga tushardi. "Barselona" esa, 1899 yilning 29 noyabr kuni, klub tuzilgan sanadan boshlab shu brendni targ`ib qilib keladi. "Madrid" klubi 1920 yilning 29 iyunida qayta tuziladi va unga "Real Madrid", qirollik klubi nomi beriladi.

U paytlar gazeta muxbirlari futbolni deyarli tushunmas edilar. Futbolga nisbatan, chetdan kirib kelgan bir sport turi sifatida qarashar edi. Qonun qoidani ham to`liq bilmagan muxbirlarga birinchi klasikoni yoritish nasib etgan.

Bu ikki klub ilk marotaba Madridda tashkil etilgan, "Koronasii Kubogi"ning yarim finalida to`qnash kelganlar. Musobaqa, qirol Alfonso XIIIning taxtga kelishi munosabati bilan o`tkazilgan edi.

Ilk "el klasiko"da "Barselona" 3:1 hisobida g`alaba qozongan. "Ippodrome de la Kastelyano" arenasida bo`lib o`tgan uchrashuvga 2500 nafar muxlis tashrif buyurgan.

"Barselona" - "Madrid" (bugungi "Real Madrid") 3:1

Bosh hakam: Luis Arana

Gollar: Shtaynberg – 1:0; Shtaynberg – 2:0; Jonson – 2:1; Morris – 3:1 (pen).

"Barselona": Luis Puelyas, Xose Lobet, Artur Vitti, Boartolome Terradas, Jorj Mayer, Migel Valdes, Jon Parsons, Xans Gamper, Genri Morris, Udo Shtaynberg, Alfonso Albenis.

"Madrid": Xuan Sevilya, Rafael Molera, Mario Xiralt, Xose Gongora, Alvaro Spottorno, Xose Palasios, Artur Jonson, Xose Xiralt, Antonio Sanches Neyra, Armaldo Xiralt, Eustakiyo Selada.

Uchrashuvdagi barcha gollar legioner futbolchilar hisobiga yoziladi. "Barselona"dan nemis futbolchisi Shtaynberg dublga erishadi. Uchinchi gol muallifi, Moris esa angliyalik edi. Hisobni qisqartirgan gol muallifi ham angliyalik bo`lgan. Kataloniyaliklarning darvozaboni Luis Puelyas uchrashuv chog`ida Xose Xiralt bilan to`qnashib ketadi. Shifokorlarning yordami bilangina posbon safga qaytadi. Agar u uchrashuvni davom ettira olmaganida, o`sha payt qoidasiga ko`ra futbolchining o`rniga boshqa futbolchi tushishi mumkin emasdi.

"O`yin juda ham tez bo`ldi. Bunga "Barselona" tomonidan kiritilgan uchta gol ham isbot bo`la oladi. Lekin "Madrid" ham bo`sh kelmadi. Jamoa yaxshi ancha tajribali jamoaga qarshi yaxshi himoyalana oldi", - deya qayd etgan o`yinni "Diario El Imparcial".

"Real" muxlislari xursand bo`lsalar bo`ladi. Finalga yo`l olgan "Barselona" kubokni qo`lga kirita olmagan. "Barselona"dan bir yosh katta, 1898 yilda tashkil topgan "Biskayi" jamoasi 2:1 hisobida g`alaba qozonadi. Bir yil o`tib "Biskayi" jamoasi "Atletik Bilbao" nomi ostida faoliyatini davom ettiradi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Автор :Javlonbek   Просмотров:1895   комментариев : 0 
Нравится 1

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.

Назад

Похожие:

  • Ramos «el klasiko»da «Real»ni mag'lubiyatdan saqlab qoldi (Video)

    Ramos «el klasiko»da «Real»ni mag'lubiyatdan ...

  • Futbol, sevgi, “Real Madrid”… Iroqlik aka-ukalar Krishtianu bilan ko‘risha oladimi? “El-Klasiko” filmi treyleri

    Futbol, sevgi, “Real Madrid”… Iroqlik aka-ukalar ...

  • “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi “El-Klasiko” sanasiga oydinlik kiritildi

    “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi “El-Klasiko” ...

  • Zinedin Zidan va Luis Enrike “Real” hamda “Barselona”ning ochko yo‘qotishi sabablarini tushuntirib berdi

    Zinedin Zidan va Luis Enrike “Real” hamda ...

Информация


Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Топ Клипы

Топ Музыки



все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать

Reklama

Популярные Новости

    Опрос

    Qanday brauzerdan foydalanasiz?


     
      © Beruniy.Net 2016-2022