Yaponiyada rekord darajada issiq ob-havo qayd etildi. Tarixda ilk bor mamlakatda havo harorati selsiy bo‘yicha 41,1 darajaga yetgan. Bu haqda “Kyodo” xabar bermoqda.
Bunday issiq Tokiodan uncha uzoq bo‘lmagan Kumagaya shahrida kuzatilgan. Ta’kidlanishicha, avvalgi rekord 2013 yilda Simanto shahrida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda havo harorati +41 darajaga yetgan.
Yaponiyada kuzatilayotgan issiq havoda 40 nafar odam halok bo‘lgan, yuzlab odamlar shifoxonaga yotqizilgan. Taxminlarga ko‘ra, o‘ta issiq havo mamlakatda 26 iyulgacha saqlanib qoladi.
Ayni damda O‘zbekistonda ham kuchli issiq kuzatilmoqda. Mamlakatda o‘lim holati qayd etilmagan bo‘lsa-da, issiqdan tobi qochib, shifoxonaga murojaat qilayotganlar talaygina.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Qanday brauzerdan foydalanasiz?