Ayollar 50 yildan so`ng qanday bo`ladilar? Futurologlar bu savolga bugundanoq javob berishga intilmoqdalar. Dunyo bir joyda turmaydi, evolyusiya davom etadi, ayollar ham o`zgaradi.
Yanada go`zallashadilar Kelajak ayollari bugungidan ham yanada ko`proq chiroy ochadilar. Xelsinski Univeristetining bir guruh olimlari shunday xulosa berishmoqda. Tadqiqotchilarning aytishicha, go`zal ayollar 16 %ga ko`proq farzand dunyoga keltirar ekanlar. Qolaversa, ularning farzandlari ham chiroyli bo`ladi.
Ayollar ko`pchilikni tashkil etadi Londondagi Satosha Kanazama iqtisod maktabining evolyusion psixologiya mutaxassislarining o`tkazgan tadqiqotlari natijalariga ko`ra, ota-onalarning ikkalasi ham ko`rkam bo`lsa ham oilada qizaloq dunyoga kelish ehtimoli kelajakda yanada, 26 foizga oshar ekan. Xullas, 50 yildan so`ng dunyoda ayollar erkaklarga nisbatan ko`proq bo`ladi.
Bo`ylari pastlashadi Yel universitetining biologiya professori Stiven Stirns tadqiqot natijalari kelajakda ayollar bugungiga nisbatan past bo`yli bo`lishini ko`rsatmoqda. 14 ming tibbiy kartalar o`rganilish jarayonida ma`lum bo`ldiki, past bo`yli va og`ir ayollar engil va baland bo`yli ayollarga nisbatan ko`proq farzand dunyog`ga keltirishar ekan.
Bir-birlariga o`xshab qoladilar Olimlarning aytishicha, zamonaviy globallashuv, immigrasiya va assimilyasiya ayollarning yuz tuzilishi hususiyatlarini umumiylashadi. Xol, moviy va zangori ko`zlar noyob bo`lib qoladi.
Biznesga ko`proq ta`sir o`tkazadilar Olimlarning prognozlariga ko`ra, joriy asrni matriarxat asri deb atash mumkin. Bundan yuz yil avval ayollar muhim lavozimlarni egallay boshlagandilar, lekin yildan yilga biznesda ayollar soni oshmoqda va ular bu sohaga ko`roq ta`sir o`tkazmoqdalar.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Saytimiz sizga yoqdimi?