«Chelsi» klubi va Italiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte «Real»ni boshqarishi mumkin.
Corriere dello Sport xabariga ko'ra, madridliklar italiyalik mutaxassis bilan aloqaga chiqib, dushanba kuni muzokara o'tkazishgan.
Ayni paytda Konte «Chelsi» klubi bilan sudlashmoqda. Mutaxassis shartnomani muddatidan oldin bekor qilingani uchun «ko'klar»dan 10 million yevro undirib olmoqchi.
Telemadrid xabariga ko'ra, «Real»ning sobiq futbolchilaridan biri, 1994-96 yillarda Madrid sharafini himoya qilgan Mikael Laudrup ham klubga yordam berish istagini bildirgan. Murabbiylik faoliyati davomida «Xetafe», «Spartak», «Malorka» va «Suonsi» kabi klublarda ishlagan daniyalik 54 yoshli mutaxassisning oxirgi klubi Qatarning «Al-Rayyan» klubi bo'lib turibdi, u bu klubni o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra tark etgan.
Xulen Lopetegi «Real»ga shu yilning 15 iyunida bosh murabbiy etib tayinlangandi. U klubga murabbiy bo'lishi haqidagi xabar ortidan jahon chempionati boshlanishiga bir kun qolganida mojaroli tarzda Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan bo'shatildi.
«Real» Ispaniya chempionatida 8 turdan keyin 14 ochko to'plagan holda turnir jadvalida 4-o'rinda joylashib turibdi. Jamoa oxirgi 4ta o'yinda biror marta gol urolmagan.
Oxirgi xabarlarda agar «Real» 28 oktabr kuni kechadigan o'yinda «Barselona»ga mag'lub bo'lsa, klub rahbariyati Lopetegini iste`foga chiqarishi aytilgandi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Вы откуда?