Xitoy 2022 yilgacha to'rtta «Sun`iy Oy» sun`iy yo'ldoshini orbitaga chiqarishni rejalashtirmoqda. Ular yer yuzasini tungi vaqtda yoritib, Yerning tabiiy yo'ldoshidan sakkiz martaga tezroq quyosh nurlarini aks ettiradi. Loyiha haqida China Daily xabar berdi. Nashr ma`lumotlariga ko'ra, birinchi «Sun`iy Oy» 2020 yilda Sichan kosmodromidan kosmosga uchirilishi mumkin.
«Agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, 2022 yilda yana uchta shunday obekt uchiriladi», - deya aytib o'tdi gazetaga loyiha rahbari, Chendu shahridagi Tyanfu yangi tumani Ilmiy uyushmasi rahbari U Chunfen. Olimning aniqlik kiritishicha, «Sun`iy Oy» Yerdan 500 km balandlikda, ya`ni Oyning o'ziga juda yaqin joylashadi. Buning natijasida sun`iy yo'ldosh juda porloq bo'ladi, deya qo'shimcha qilib o'tgan U Chunfen.
Shuningdek, uning ta`kidlashicha, yangi sun`iy yo'ldosh kunduzgi nurni almashtira olmaydi, sababi u tomonidan aks ettiriluvchi quyosh nurlari tezligi Chendu shahridagi oddiy tungi yoritishdan taxminan 20%ni tashkil qiladi. Biroq, bu loyiha har yili maydoni 50 kvadrat kilometr bo'lgan joyni yoritishda 174 million dollarni tejash imkonini beradi, dedi loyiha kuratori.
U Chunfenning so'zlariga ko'ra, «Sun`iy Oy», masalan, elektr energiyasi ta`minotida muammolar yuz beradigan bo'lsa, tabiiy ofatlar yuz bergan hududni yoritishda foydalidir. Uning aniqlik kiritishicha, birinchi bunday sun`iy yo'ldosh tajribaviy bo'ladi, qolgan uchtasi «katta munitsipal va tijorat salohiyatga ega to'laqonli loyihalar»ga aylanadi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Erkak xonandalardan qaysilari yoqadi?