Checheniston Respublikasida yashovchi Aziz Nuriyev aralash yo‘nalish (MMA) jangchisi Habib Nurmagomedovning qiyofadoshi ekani aniqlandi. U sportchi bilan uchrashishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. 18 yoshli yigit haqida «Komsomolskaya pravda» yozmoqda.
Nuriyev Dog‘istonning Nurmagomedov tug‘ilgan tumanida tavallud topgan. Nuriyev, jurnalistlarning yozishicha, sochini oldirmagunga qadar jangchi bilan o‘xshash ekanini xayoliga ham keltirmagan. Keyinchalik Instagram foydalanuvchilari uning postlariga turli izohlar qoldira boshlashdi va u Nurmagomedovga naqadar o‘xshash ekanidan hayratga tushishdi.
Shundan so‘ng, Nuriyev barcha eski postlarni o‘chirib yubordi va sportchi bilan uchrashishga qaror qildi. Endi uning Instagram’dagi sahifasiga 13 ming foydalanuvchi obuna bo‘ldi.
Nurmagomedov Sildi qishlog‘ida tug‘ilib, otasi Abdulmannop rahbarligida mashq qila boshlagan. Noyabr oyida uning tarjimai holi e'lon qilindi, unda jangchi bolaligidagi mushtlashuvlar va mojarolar haqida so‘zlab bergan.
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Ayol xonandalardan qaysilari yoqadi?