Forbes jurnali o`tkazgan tadqiqotlar natijasida o`z kuchi bilan millionlarga erishgan odamlarning o`ziga xos xususiyatlari mavjudligini aniqladi.
Bu xususiyatlarni inson o`zida shakllantirishi mumkin ekan. Bunga birpasda erishish qiyin, ammo quyidagi millioner amal qiladigan 9 qoidaga siz ham rioya qilsangiz, ko`zlagan maqsadingizga etishingizga ishonamiz.
1. Har bir imkoniyatdan komillikka erishish maqsadida foydalaning
Qechqurun divanda yotib serial tomosha qilish o`rniga, har bir daqiqangizdan unumli foydalaning. Ertalab yangiliklarni o`qing, zamonaviy trendlardan boxabar bo`ling, kunduzi esa shaxsiy biznesingizni rivojlantirish uchun tinimsiz mehnat qiling. Kechki payt faoliyatingizga tegishli adabiyotlarni o`qing, yutuq va kamchiliklaringizni tahlil qiling. Asosiysi bir joyda to`xtab qolmang.
2. Har qanday imkoniyatdan unumli foydalaning
Biz har kuni o`zgarib turadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida yashayapmiz. Agar vaqtni xayol surish bilan o`tkazadigan bo`lsangiz, imkoniyatni qo`ldan boy berasiz.
3. Reja asosida ish ko`ring
Albatta hayotda hamma narsani rejalashtirib bo`lmaydi, ammo biror bir maqsadni ko`zlab, qiyinchiliklardan qo`rqmay, olg`a harakat qiling. Bundan tashqari, maqsadingizga etishingiz uchun nimalar zarur bo`lishini ham aniqlab oling.
4. Ishlab topgan pulingizga loyiq ekanligingizga ishonch hosil qiling
Aksariyat odamlar o`zini omadli odamlar deb emas, balki ko`p pul topishga noloyiq insonlar deb hisoblaydi. Bu stereotipdan voz kechib, o`zingizni millionlar egasi bo`lishingizga ishontiring. Buning uyat joyi yo`q, chunki siz jinoiy yo`l bilan emas, halol peshona teri bilan pul topishga harakat qilyapsiz.
5. Tavakkal qilishdan cho`chimang
Agar biror bir korxona uchun pul tikishga qo`rqsangiz, hech qachon biringiz ikki bo`lmaydi. Pulingizni yo`qotishdan qo`rqsangiz, daromad haqida gap ham bo`lishi mumkin emas. Pullar saqlash uchun emas, ishlatish uchun yaratilgan.
6. O`zingizga yoqqan ishdan pul topishga harakat qiling
Bu oson bo`lmasa-da, ammo uni amalga oshirishning imkoni bor. Agar o`z kasbingizni, ishingizni sevadigan bo`lsangiz, birov uchun emas, o`zingiz uchun ishlaysiz. O`z biznesingizni yaratish usulini toping. Mabodo biror nima pishirishni yoqtirsangiz, novvoyxona, agar savdo-sodiqni xush ko`rsangiz do`kon oching. Orzuga ayb yo`q, faqat uni hayotga tatbiq etsangiz kifoya.
7. Hammaslak toping
Buning uchun ishingizga bor kuchini bag`ishlay oladigan, sizni tushunadigan, qo`llab-quvvatlaydigan o`z guruhingizni tuzing. Sizni nafaqat moddiyat, balki ishonch va o`zaro hurmat ham birlashtirishi lozim. Bunday odamlar rahbarlik qobiliyatingizni tan olib, olg`a intilishingizda yordam beradi.
8. Noldan boshlashdan qo`rqmang
Mustaqil ravishda oyoqqa turib, boylik orttirgan odamlar bir marta emas, bir necha marotaba kasodga uchrab, bor-budidan ajragan bo`ladi. Ular xato qilishdan qo`rqmaydilar, balki xatodan saboq o`rnida foydalanishadi.
9. Millioner bo`lishingizga ishoning
Agar zavodda oddiy ishchi bo`lib ishlagan odam, ishini yo`qotsa, yana xuddi shunday maoshli ish topishga harakat qiladi. Mabodo, tadbirkor inqirozga uchrasa, u qayta oyoqqa turib, daromadini tiklaydi. Har birimiz o`zimizni qancha pul topishga loyiq deb hisoblasak, shuncha pul topamiz. “Kambag`alchasiga fikrlash”dan voz keching, millioner bo`lish qo`limdan keladi, deb o`zingizni ishontiring.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Вы откуда?