Yaqindagina astrofiziklar Didye Keloz va Mishel Mayor “Quyosh tipidagi yulduz atrofida aylanadigan ekzosayyorani kashf qilganliklari uchun” 2019-yilgi Nobel mukofotiga loyiq ko‘rildi.
Aytish joizki, bugungi kunda fanda 4 mingdan ziyod ekzosayyora ma’lum. Bu sezilarli ilmiy yutuq so‘nggi 25 yil mobaynida olib borilgan faol izlanishlar mahsulidir. Bunday darajada ko‘p ekzosayyoralarning aniqlanishi esa bizning Quyosh tizimidagiga o‘xshash sayyoralarga ega yulduzlar Somon yo‘lida juda ko‘p ekaniga ishoradir. Endilikda astronomlar yaxshi biladiki, galaktikamizning aksariyat yulduzlarining atrofida eng kamida bir donadan bo‘lsa ham sayyoralar mavjud ekan. O‘ttiz yil muqaddam bu haqda aniq gapning o‘zi yo‘q edi. O‘zga yulduzlar yaqinida o‘z sayyoralari mavjudligi faqat gipotetik jihatdan taxmin qilingan gap bo‘lgan.
Ilk ekzosayyora 1992-yilda astronomlar Aleksandr Volshan hamda Deyl Freyl tomonidan kashf qilingan. O‘shanda juda kuchli magnit maydoniga ega neytron yulduz atrofida aylanayotgan ekzosayyoralar aniqlangan edi. Bizning Quyoshga o‘xshash, ya’ni astronomiya terminlari bilan aytganda “asosiy ketma-ketlikdagi” yulduz atrofida aylanadigan ilk ekzosayyorani esa joriy yilgi Nobel egalari Didye Keloz va Mishel Mayorlar 1995-yilda amalga oshirilgan. Bunday yulduzlarda termoyadro reaksiyalari natijasida vodorod geliyga aylanib turadi va bu kabi yulduzlar Somon yo‘li uchun ham va boshqa galaktikalar uchun ham eng oddiy turdagi, keng tarqalgan yulduzlar sanaladi.
Ekzosayyoralarni qidirish uchun 2009-yilning 6-mart sanasida NASA atayin tayyorlangan “Kepler” kosmik teleskopini koinotga chiqargan edi. O‘tgan yilning kuzida esa “Kepler” o‘zidagi yoqilg‘i zaxirasini butunlay sarflab tugatdi va faoliyatdan to‘xtadi. Shunga qaramay, “Kepler” o‘zining to‘qqiz yillik ish faoliyati davomida 2000dan ziyod ekzosayyorani aniqlashgan ulgurdi. Hozirda esa ushbu missiya o‘tgan yili orbitaga chiqarilgan TESS teleskopi tomonidan bajarilmoqda.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Вы откуда?