Tailandda yangi turdagi dinozavrning qoldiqlari topildi
Tailandning Maxa Sarakham universiteti olimlari mamlakat shimoli-sharqidagi Nong Bualampxu viloyatida dinozavrlarning yangi o‘n birinchi turining qoldiqlarini topdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, dinozavrning yangi turi Vayuraptor nongbualamphuensis nomini olgan. Tirannozavrning uzoq qarindoshi deyilayotgan mavjudotning bo‘yi to‘rt metr bo‘lgan. U ham boshqa dinozavrlar kabi taxminan 65 million yil ilgari qirilib ketgan.
Universitet ilmiy xodimi Pladeta Srisukaning so‘zlariga ko‘ra, qoldiqlari topilgan dinozavrning nomi hindlarning shamol ma’budi Vayu sharafiga shunday nomlangan.
2018-yil yanvar oyida Misrning Yangi vodiy viloyati Xarga vohasida 10 metrli dinozavrning skeleti topilgandi. Olimlar tahlili natijasida titanozavr nomini olgan ushbu ulkan jonivorning bundan 75 million yil avval Liviya sahrolarida yashagani, og‘irligi 5,5 tonna bo‘lgan,i uzun bo‘yin va dumga ega ekani, to‘rt oyoqlab harakatlangani va ushbu turga mansub boshqa mavjudotlar kabu o‘txo‘r bo‘lganligi aniqlangan.
Avval Gretsiyada yoshi 5,5 milliondan 6 million yilgacha boruvchi fanga noma’lum ilonlar qoldiqlari topilgani xabar qilingandi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Ayol xonandalardan qaysilari yoqadi?