Finlyandiyalik olimlar qutb yog‘dusi yoki, boshqacha aytganda, shimol shafaqining yangi turini kashf etdi. Ushbu yangi turdagi yog‘duga “qum tepaliklari” deb nom berildi. Sababi, mazkur yog‘du ham xuddi sahrodagi qum tepaliklari singari to‘lqinsimon ko‘rinishda bo‘lib, u o‘sha balandlikdagi kislorodning zichligiga qarab, “o‘rkach” va “botiq” manzaralar hosil qiladi.
Yangi turdagi qutb yog‘dusini olimlar havaskor astronomlar taqdim qilgan fotosuratlarni tahlil qilish asnosida kashf qildi. Bu boradagi mufassal maqolani AGU Advances jurnali e’lon qildi. Fotosuratlarni esa Revontulikyttääjät nomli havaskor astronomlar guruhi taqdim etdi.
Qutb yog‘dusi atmosferaning yuqori qatlamlarida ro‘y beradigan fizik hodisa bo‘lib, bunda koinotdan, asosan Quyoshdan kelayotgan zaryadlangan zarralarning Yer atmosferasi yuqori qatlamlaridagi gazlar, xususan, azot va kislorod atomlari bilan to‘qnashishi natijasida yog‘du paydo bo‘ladi. Jarayonda Yerning magnit maydoni katta ahamiyat kasb etadi.
Avvallari qutb yog‘dusining turli ko‘rinishdagi shakllari, masalan, toj, spiral, yoy ko‘rinishlari fanga ma’lum edi. Endilikda esa, sahrodagi qum tepaliklariga o‘xshash turi ham ma’lum bo‘ldi. Kashfiyot Xelsinki universiteti va havaskorlar o‘rtasidagi hamkorlik natijasi ekani alohida diqqatga sazovordir.
Olingan rasmlarni ko‘rib chiqayotgan universitet olimlari avvallari kuzatilmagan yangi turdagi yog‘duga duch kelishganini sezib qoldi. Olib borilgan keyingi kuzatishlar esa, “qum tepaliklari” ko‘rinishidagi yog‘du taxminan 100 kilometr balandlikda, atmosferaning uchinchi qatlamining yuqori qismida, ya'ni, mezosferada ro‘y berishini ko‘rsatdi. Qizig‘i shundaki, ushbu yog‘du asosan yashil rangda namoyon bo‘ladi va buning sababi, o‘sha balandlikdagi kislorod zichligi bilan bog‘liq ekan. Bundan tashqari, to‘lqinsimon yog‘du yuzaga kelishiga omil sifatida, atmosferaning turli qatlamlari orasidagi haroratlar farqining keskin farq qilishi ham ta’sir qilar ekan.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Saytimiz sizga yoqdimi?