Asus kompaniyasi geymerlar uchun dunyodagi eng kuchli ROG Phone 3 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda brendning rasmiy saytida xabar berilgan.
Smartfon 2340x1080 pikselli Amoled ekran hamda Snapdragon 865+ protsessori bilan jihozlangan.
Qurilmaning flagman versiyasiga 16 gigabayt tezkor va 512 gigabayt ichki xotira o‘rnatilgan. Bu kabi ko‘rsatkichlar gadjetni hozirda bozorlar mavjud eng kuchli smartfonga aylantiradi.
ROG Phone 3’ga 64, 13 va 5 megapikselli uchta kameraga ega bo‘lib, ular yordamida 8K-formatdagi videolarni tasvirga olish mumkin.
Xaridor smartfonni o‘ziga moslashtirib olishi va uni maxsus o‘yin aksessuarlari bilan foydalanishi mumkin. Gadjetga AeroActive Cooler 3 ixcham kuleri va kontroller ulanadi.
Akkumulyator sig‘imi 6000 mA/soatni tashkil etgani sabab, uning yordamida o‘yinlarni uzoq vaqt o‘ynash mumkin.
ROG Phone 3’ning eng oddiy modeli 800 yevrodan, top modifikatsiyasi esa — 1100 yevrodan sotuvga chiqqan. Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Black Shark 2 Pro o‘yin uchun mo‘ljallangan smartfonini taqdim etgandi. Mazkur qurilma o‘sha vaqtda dunyodagi eng kuchli smartfon deya e’tirof etilgan.
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Qanday brauzerdan foydalanasiz?