Yoz — ta`til va hordiq mavsumi. Mazkur mavsumni aksariyat estrada xonandalari xorijiy davlatlarda hordiq chiqarish bilan o`tkazmoqda.
Xonanda Lola ham hamkasblaridan ortda qolmay, Rossiyaga sayohat uchun jo`nab ketdi. Sayohatda unga farzandlari Shahina va Shohdiyor hamrohlik qilmoqda. Ajabtovur taassurotlarga boy sayohat onlari aks etgan suratlar Lolaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan o`rin olmoqda.
Xonanda farzandlari bilan birga “Muz tv” telekanali tashkil etilgan sana munosabati bilan o`tkazilgan taqdimot marosimida ham ishtirok etdi. Lolaning ma`lum qilishicha, bu taqdimot marosimidagi ishtirok uning farzandlariga ayniqsa manzur bo`lgan. Ular o`z kumirlari bilan uchrashuv onlarini sabrsizlik va katta qiziqish bilan kutgan.
Lola barcha bolalarga birdek sevimli bo`lgan “Tachki” multfilmining yangi qismini farzandlari bilan tomosha qilganini ma`lum qilib, animasion kartina haqidagi fikrlarini yozib qoldirdi hamda barchani mazkur multfilmni tomosha qilishga undadi.
Lola Moskva shahridagi “Kidzaniya” deb nomlangan bolalar shaharchasida 6 soat vaqt o`tkazgani, farzandlari bu vaqt ichida umuman zerikmagani haqida yozdi.
“Bu erda o`tkazgan 6 soat vaqtimiz juda kamdek tuyuldi. Bu bizning yangi rekordimiz va unutilmas taassurotlarimiz!”, deb yozadi xonanda.
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Qanday brauzerdan foydalanasiz?