“Ummon”. Bu nom 2010 yildan keyin o‘zbek-shou biznesida yarq etib, mislsiz mashhurlikka erishdi. Yoshlar orasida asosan sokin taronalari bilan tanilgan uch yigit – Zohid, Jasur va Shohruh ko‘p o‘tmay O‘zbekistonda eng sevimli qo‘shiqchilarga aylandi. Ular viloyatlar bo‘ylab tinimsiz gastrol konsertlarini taqdim etdi. Xorijda, xususan Rossiyada ham bir necha bor konsert berdi.
Joriy yilning 18 avgust kuni guruh Samara shahrida gastrol konsert dasturini taqdim etishi kerak edi. Konsert oldidan “Ummon”chilardan biri guruhni tark etdi.
“Qalampir.uz” aniqlagan ma’lumotlarga qaraganda, Zohid Rihsiyev guruhni tark etgan holda, endilikda faoliyatini yakka tartibda olib boradi. Guruh nomini qolgan ikki a’zo Jasur va Shohruh saqlab qolmoqda.
Guruh a’zosi Shohruh ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifalarining birida bu xabarni tasdiqlovchi izoh qoldirdi.
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Ayol xonandalardan qaysilari yoqadi?