O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov vafot etdi
Bugun, 17-may kuni O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Turkmaniston xalq artisti Ortiq Otajonov 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda xonanda Anvar Sobirov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi Daryo.
Ortiq Otajonov 1947-yilning 30-yanvarida Xorazm viloyatining Xitoy qishlog‘ida oddiy mehnatkash oilada tug‘ilgan. Yoshiligidan qo‘shiq aytishga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan.
1962-yilda Ortiq Otajonov Xorazm san’at maktabining musiqa fakultetiga o‘qishga kiradi. San’atkor qo‘shiq aytish sirlarini mashhur o‘zbek hofizi Komiljon Otaniyozovdan o‘rgangan.
Katta sahnalarda Ortiq Otajonov 1968-yildan 1997-yilga qadar faoliyat olib borgan. Xonandaning “Umr o‘tar”, “Lazgi”, “Boshqacha”, “Kelsun, kelsun”, “Dilbar”, “Yurishlaring” kabi qo‘shiqlari haqiqiy zamonaviy mumtoz qo‘shiqlarga aylangan.
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Erkak xonandalardan qaysilari yoqadi?