9 dekabr kuni xonanda Hosila Rahimova poytaxtimizning “Mumtoz” restoranida galdagi qizi Iqbolxonni turmushga berdi.
To`y shodiyonalarida o`zbek san`at vakillarining deyarli barchasi ishtirok etishdi. Munojat Yo`lchieva, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova, Lola Ahmedova, Munisa Rizaeva, Mahmud Namozov kabi ko`plab san`atkorlar hamkasbining to`yida xizmatda bo`lishdi. Sevgi tarixlari ancha vaqtdan beri davom etayotgan ikki yoshning to`yga tashrif buyurmagan xonandaning o`zi qolmadi.
Hosila Rahimovaning kuyovi Sardorbek asli buxorolik bo`lib, u Toshkent shahrida iqtisodchi sifatida faoliyat yuritadi. Buxorolik Sardorbek va surxonlik Iqbolaxonning to`ylari ikkala hudud udumlarini qorishtirgan holda bo`lib o`tdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, to`y ssenariysi kelin-kuyovning o`zlari tomonidan tuzib chiqilgan. Fursatdan foydalanib, ikki yoshga ulkan baxt tilab qolamiz!
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Ayol xonandalardan qaysilari yoqadi?