Gollivudning ko‘zga ko‘ringan aktyorlaridan biri bo‘lmish Jonni Depp nafaqat iste’dodi, balki o‘zining sahovati, mehribonligi bilan ham nom qozongan.
Kecha, 12 dekabr kuni aktyor Buyuk Britaniyadagi Great Ormond Street Hospital bolalar shifoxonasiga mashhur obrazi “Jek tullak” ko‘rinishida tashrif buyurdi.
O‘z-o‘zidan shifoxonada davolanayotgan bolalar sevimli qahramonlarining tashrifidan bag‘oyat xursand bo‘lishdi. Depp aslida ularga yaxshi kayfiyat ulashish, biroz bo‘lsa-da bemor bolalarning kayfiyatini ko‘tarishni maqsad qilgan. Bu uning Great Ormond Street Hospital bolalar shifoxonasiga qilgan birinchi tashrifi emas.
Aktyor 2007 yildan buyon ushbu shifoxonaga muntazam ravishda turli film qahramonlari obrazida keladi. Chunki o‘sha yili Great Ormond Street Hospital bolalar shifoxonasida Deppning qizi Lili-Rouz ham davolangandi.
O‘shanda Lili-Rouz xavfli virus tufayli to‘shakka mixlanib qolgandi. Virusning kutilmaganda bergan “zarbasi” sabab, qizaloqning buyraklari ishlamay qolgan. Shifokorlar Lilining hayoti uchun bor imkoniyatlarini ishga solib kurashishdi va uzoq vaqt davom etgan muolajalardan so‘ng Lili-Rouz oyoqqa turdi.
Shifokorlarga va Great Ormond Street Hospital bolalar shifoxonasiga minnatdorchilik sifatida o‘shanda tashkilotga Depp 2 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni hadya qilgan. Shu bilan birga, har yili ushbu bolalar shifoxonasiga kelib, kichik bemorlarning ko‘nglini olishga vaqt ajratadi.
“Jek tullak” palataga kirgach, bolalarning kayfiyati beihtiyor ko‘tarildi. Kichkintoylar qurshovida Depp, ularga turli qiziqarli voqealarni aytib berdi va ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Erkak xonandalardan qaysilari yoqadi?