23-dekabr, juma kuni Rossiyaning Birinchi kanalida “Golos” loyihasi beshinchi mavsumining yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi va finalchilar aniqlandi.
Ushbu loyihada Polina Gagarina jamoasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Sardor Milano Sara Braytmanning Il Mio Cuore Va qo‘shig‘ini ijro etdi.
Bu qo‘shiq Selin Dionning My Heart Will Go On taronasining italyancha varianti hisoblanadi. Selin Dion ijrosidagi qo‘shiqning originali Jeyms Kemeronning “Titanik” filmining asosiy saundtreki hisoblanadi. Bu qo‘shiq “Oskar”, “Oltin globus” va to‘rtta “Gremmi” bilan taqdirlangan.
Sardorning raqibi Mixail Jitov “Babushka” qo‘shig‘ini ijro etdi.
Polina Gagarina o‘z ovozining 60 foizini Sardorga, 40 foizini Mixailga berishga qaror qildi. Maxsus raqamga SMS yuborgan va qo‘ng‘iroq qilgan teletomashabinlarning ham yarmidan ortig‘i o‘zbekistonlik xonandaga ovoz berdi va Sardor “Golos”ning finaliga chiqdi.
“Golos” finali 30-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Sardor Milanoga Dima Bilan jamoasidan qirg‘izistonlik Qayrat Primberdiyev, Leonid Agutin jamoasidan Darya Antonyuk va Grigoriy Leps jamoasidan Aleksandr Panayotov raqiblik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Sardor birinchi bosqichdan so‘ng o‘ziga Dima Bilanni ustozlikka tanlagandi. Ammo “battl”da Dima Bilan o‘z jamoasida uni qoldirishni istamadi va Milanoni Polina Gagarina o‘z jamoasiga oldi.
Sardor 2015-yilda Rossiyadagi boshqa bir loyiha — “Glavnaya ssena”da qatnashib, unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Erkak xonandalardan qaysilari yoqadi?