Xonanda Shohruxxon “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida 2016-yil yakunlari va 2017-yildan umidlari haqida aytib o‘tdi. Intervyu “Darakchi” saytida e’lon qilindi, deb yozadi Daryo.
2016 yil haqida
Umr “sahifa”larimni varaqlaganda, alohida yodda qoladigan yil bo‘ldi. Konsert dasturim muvaffaqiyatli o‘tdi, oila qurdim, har bir kunim xursandchiliklarga boy bo‘ldi.
Shohruxxon, xonanda
2017-yil umidlari
Shu vaqtgacha o‘ylagan rejalarimga ortig‘i bilan erishdim. Oilam tinch, ko‘nglim xotirjam, ijodda o‘zimni topa oldim. Lekin hozirgidan ko‘proq ishlamoqchiman. Avvallari bir yilda zo‘rg‘a bitta qo‘shiq yozardim. Hozir ilhom parilari shu qadar tinchlik bermayotganidan, bir oyda to‘rtta — “Yoningdaman”, “Parizod”, “Malikam”, “O‘zbekiston” qo‘shiqlarini yozdim. Hammasi o‘zimga shu qadar yoqyaptiki, qaysi birini muxlislarga taqdim etishni bilolmay, hayronman.
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Qanday brauzerdan foydalanasiz?