Xonanda Shahzoda jurnalist Jasur Hamroevning Facebook`dagi sahifasi orqali muxlislarining savollariga javob qaytardi.
Jurnalistning “Istaysizmi, yo`qmi Lolaning ijodini kuzatishga majbursiz, u haqdagi yangiliklardan boxabar bo`lasiz. Uning ijodiga qanday munosabat bildirasiz?”, degan savoliga Shahzoda quyidagicha javob berdi:
“Samimiy aytaman, u haqiqiy san`atkor. Men bu haqda hammaga aytaman, Lola o`zining “men”iga ega bo`lgan, maqsadi yo`lida dadil qadam bosadigan san`atkorlardan biri. U hech kimdan nusxa ko`chirmaydi. Meni uning hech kimdan nusxa ko`chirmasligini hurmat qilaman. U Lola edi, Lola bo`lib qoldi. Uning o`z yo`nalishi,o`z dunyoqarashi bor va hech narsaga qaramay, u o`z yo`nalishidan bormoqda. Avvalo u san`atkor. U sahnada o`zining fikrlarini va maqsadlarini ifodalay oladi. Uning ijodini kuzatish juda qiziq. U yillar davomida charxlanib, mukammal insonga aylanmoqda. Bu unga otasidan o`tgan bo`lsa kerak”,—deydi Shahzoda.
“Lolaning konsertiga tushmaganimga ancha bo`ldi. Men aslida hamkasblarimning konsertlarida kam bo`laman. O`tgan yili uning konsertiga tushmadim. Biroq, konsertiga tushmasam-da, uning ijodini kuzatish juda qiziq”,—deb javob berdi Shahzoda Lolaning konsertiga oxirgi marta qachon tushgani haqidagi savolga javob berar ekan.
“Lola bilan ‘Sevinch’ filmi suratga olinayotganda tanishganmiz. Shundan so`ng u bilan tez-tez gaplashib turadigan bo`ldik. Keyin u turmushga chiqdi, biz uning to`yiga bordik. 5 yil davomida u estrada olamidan uzoqda bo`ldi. keyin esa munosabatlarimizga nimadir bo`ldi...”,—deydi Shahzoda.
“Lola bilan hozirgi munosabatlarimiz ikki katta yoshli insonlarnikidek, iliq deb ayta olaman. Lekin o`rtamizda nimadir bo`lgan. Nimaligini bilmayman. Balki, bu qizning otani rashk qilishidir. Men hamisha insonlarni tushunishga harakat qilaman. Aminmanki, u otasini juda yaxshi ko`radi. Ich-ichimdan u menga samimiy munosabatda deb o`ylayman. Men har doim uni tushunishga harakat qilaman. Bu undagi otasiga bo`lgan rashkidir. Mening ota-onam ham ajrashib ketgan. Agar mening otam boshqa inson bilan oila qursa, men bundan faqat xursand bo`laman”,—deydi Shahzoda Lola bilan ayni paytdagi munosabatlari haqida gapirar ekan.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Qanday brauzerdan foydalanasiz?