Mutaxassislar 2018 yilda ishlab chiqarilgan eng yaxshi smartfonlar ro'yxatini tuzishdi.
Mutaxassislarning fikricha, eng yaxshi smartfonlardan biri Xitoyda ishlab chiqariluvchi OnePlus 6 bo'ldi. Uning kamerasi, Qualcomm Snapdragon 845 protsessori va 6 Gb tezkor xotirasi ustun tomonlari hisoblanadi. Mutaxassislar gadjyetning tez quvvatlanish texnologiyasiga ega akkumulyatorini smartfonning yana bir ustun jihati sifatida qayd qilishgan. Qurilmaning yana bir “plyusi” Android operatsion tizimining Oxygen OS versiyasida ishlashi hisoblanadi.
Mutaxassislar shuningdek Samsung’ning yangi mahsuloti – Galaxy Note 9’ga e`tibor qaratishgan. Qurilma 6,4 dyuymli OLED-displey, kuchli akkumulyator va yaxshi kameraga ega. Smartfon 512 Gbgacha katta hajmli ichki xotira bilan jihozlangan. Bundan tashqari, qurilma to'plamiga yangilangan S Pen stilusi kiradi.
Eng yaxshi smartfonlar beshtaligidan Samsung’ning yana bir flagman smartfoni Galaxy S9 o'rin olgan. Mutaxassislarning fikricha, u mavjud smartfonlar orasida eng chiroylisi hisoblanadi. Business Insider’ning yozishicha, smartfon “barcha funksiyalar va jihozlar” bilan ta`minlangan: katta o'lchamli OLED-displey, ajoyib kamera, yurak ritmi monitori, barmoq izlari skaneri va yuzni tanish funksiyasi, tezkor quvvatlash qurilmasi va simsiz akkumulyator.
Yetakchilardan yana biri LG G7 Thinq bo'ldi. U iPhone’ning Android-versiyasini eslatib yuboradi, biroq bir necha yuz dollar arzonroq turadi. Uning ustun jihatlari orasida 6,1 dyuymli displeyi, namdan himoyalangani, sifatli dinamiklari, ultrakeng obektivli kamerasi, Qualcomm Snapdragon 845 protsessori va simsiz akkumulyatori qayd qilib o'tilgan.
Mutaxassislar ro'yxatga kiritilgan qurilmalar orasida Motorola’ning Moto G6 smartfonini eng arzon gadjyet deb atashgan. Ular qurilma 5,7 dyuymli displey, kuchli va tezkor quvvatlash qurilmasi hamda sifatli kameraga egaligini qayd qilib o'tishgan.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Вы откуда?