Hozirgi kunda biror taniqli shaxs haqida turli maʼlumotlarni odatda internetdan izlaymiz. Ammo bu qidiruvlar hamisha ham xavfsiz boʻlavermas ekan.
Jumladan, “Orange is the New Black” serialidagi aktrisa Rubi Rouz – joriy yilda onlayn qidirish eng xavfli boʻlgan mashhur shaxs hisoblanadi. Bu haqda internet xavfsizligiga ixtisoslashgan McAfee kompaniyasi xabar bergan.
Aytilishicha, Rubi Rouzni izlashda qidiruv natijalari orasida xavfli havolalar ham chiqadi. Ular esa ziyonkor veb-saytlarga eltadi, deb yozadi USA Today nashri.
Internetdan izlash xavfli boʻlgan mashhurlar reytingida ikkinchi oʻrinni AQSH realiti-TV yulduzi Kristin Kavallari egallagan. Uchinchi oʻrindan esa fransuz aktrisasi Marion Kotiyar joy olgan. Shuningdek, Kortni va Kim Kardashyanlar ham izlash tavsiya etilmaydigan shaxslar qatoriga kiritilgan.
McAfee kompaniyasi vakili Geri Devis soʻzlariga koʻra, internet foydalanuvchilarning mashhur shaxslarga qiziqishlaridan xakerlar gʻaraz maqsadlari yoʻlida foydalanishadi. Ziyonkor veb-saytlarga eltuvchi havolalar yaratib, ularni oʻsha mashhurlarni qidirish natijalarida chiqadigan qilishadi. Demak, shunchaki biror aktrisa yo xonanda haqida maʼlumot izlayotib ham kompyuteringizga virus yuqtirib olishdan ehtiyot boʻling.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Ayol xonandalardan qaysilari yoqadi?