Ahmadboyni kim eslay oladi? Haqiqiy shovvoz, xalqdan olgan pulini salqga qaytarib berdi. To`g`ri qisman. Umuman olganda, men Ahmadboyni yomonlamoqchimasman. Axir u hech kimni pulini majburlab olmagan. Og`ir mehnat o`rniga oson pul topishni o`ylagan va bir vaqtni o`zida «Sudxo`rlik» dan qo`rqmagan odamlar Ahmad Piramidaning o`ljalariga aylandilar. Haromga javoban Yaratgan ularni buyuk yolg`on bilan jazoladi.
«Sudxo‘r bo‘lgan kimsalar (qiyomat kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: «Bay’ (oldi-sotdi) ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku?!» deganlaridir» (Baqara surasi, 275).
Jazolarini bu dunyoda olganlari uchun Allohga rahmat deyishsin.
Bankir bot vasvasasi
Engi asosiy mavzuga o`tsak, Bankir bot. Bu bot atrofida ko`tarilgan shov-shuv barcha divan qahramonlariyu, kontratki ko`ziga ko`rinib ketgan talabalar orasida keng tarqaldi. Ha nima? Har bir botga taklif qilingan ishtirokchi uchun 2$ — qorinni og`ritadimi ?
Mazkur botning foydalanuvchilarga yaratib bergan sharoiti, uning raqobatdoshlari orasida juda katta kuchni berdi. Hamma botlar buxanka bersa, Bankir sizga patirnon, qaymoq va shirchoy bermoqda. Shubhali emasmi?
Ruslarning bir maqoli bor: Tekin pishloq faqat qopqonda bo`ladi.
Falsafiy suhbatdan obyektiv faktlarga o`tsak:
Bankir bot moshennikmi? Nega?
Botda Matizga pul yig`ib qo`yganlar yig`lamasin, lekin HA! Botga ishonish judayam shubhali. Chunki :
1 — Bot siz bajarayotgan vazifalarga judayam ko`p haq to`laydi. 2 — Bot ishlashdan ko`ra uning qotib qolishi ko`proq. 3 — Ishlagan pullaringizni yechib olish uchun 1$ talab qiladi. Agar u rostan ham pul to`laganda konvertatsiya uchun pul so`ramasdan, uni siz ishlab topgan haqqingizdan ayirib qolgan bo`lar edi.
Eng qizig`i, ishlab topgan pulimni yechib olishga kelganda, bot — «Sizning hamyoningiz rublda ekan. Biz esa haqni Dollarda to`laymiz. Pulni hisobingizga yechib olish uchun konvertatsiya qilish lozim. Konvertatsiya haqqi 1$» deya javob qaytaradi.
Men qanday to`lov tizimini ishlatishimni botga bildirmadim. Lekin uning ekstrasensorlik qobiliyati, unga meni rubl hisobida ish yuritadi deb tanishtirgan shekilli.
Bu habarni o`qib, «Ha, albatta. Hozir ishlab topgan pulimni konvertatsiya qilib, 1$ni to`lab yuboraman» dedimu lekin «Оплатить» tugmachasiga bossam — bankirbot ni admini hisob raqamiga pul o`tkazish sahifasiga tushib qoldim.
Demak, meni pulim hech qanday konvertatsiya qilinmaydi. Ular shunchaki meni webhamyonimdan 1$ ni o`z hisoblariga o`tkazib yuborishadi va men yana ko`z yoshlarim, sho`r peshonam va ishonuvchan xarakterim bilan qolib ketaman.
Sxema qanday ishlaydi Mazkur aferistlik sxemasi qanday ishlashi uchun, o`zingizni moshenik o`rniga qo`yib ko`ring (bilaman, hech narsa o`zgarmaydi).
Sizda odamlarni ishonchidan foydalanib, qisqa muddatda katta pul ishlash niyyatingiz bor. Nima qilish kerak? Judayam katta va`dalar beradigan botni yaratib, unga odamlarni jalb qilish kerak.
Oson pul topish ilinjida bo`lganl, ar botga a`zo bo`lishdi va birdaniga katta summalarni ishlay boshlashdi. Minimal pul yechish qiymatini 100$ qilamiz. Chunki, foydalanuvchilarga bergan imkoniyatimiz bilan ular bu 100$ ni uzog`i 3 kunda yig`ib qo`yishadi.
Ha aytgancha, har qanday piramida — unga yangi a`zo bo`lgan gunohkorlar evaziga faoiliyat yuritadi. Shu sabab, botga yangi foydalanuvchilarni jalb qilganlarga ko`proq haq beramiz.
Ahir hozir hamma bozorchi va matematik. Qisqa arifmetik hisoblashlar orqali ular — post ko`rib, kanalga a`zo bo`lgandan ko`ra yangi odamlarni jalb qilish ko`proq daromad keltirishini bilishadi va ko`proq odam jalb qilishga kirishishadi(Oriflame, Faberlic, Gano Excel sistemasi).
Ho`sh botdan qanday daromad olamiz? Ha, topdim. Foydalanuvchilarga «Konvertatsiya» haqida cho`pchak o`ylab topamiz va 1$ talab qilamiz. Hisobida 100$ dan oshiq pul to`plagan odam 1$ ni berib yuborishiga deyarli shubha yo`q.
1$ — hozirgi vaqtda unga a`za tutadigan darajada katta summa emas.
Endi hisob kitobga o`tsak: Yangi foydalanuvchi, botga a`zo bo`lgani uchun 10$ bonus beriladi. Demak, pul yechib olishi uchun 90$ to`plashi lozim. 90$ — 45 ta yangi a`zo. 45 tasidan 20 tasi botni o`ynasa, 10 tasi 1$ dan bersa — 10$. Bu faqat bitta odamdan. Admin uchun har bir aldangan o`lja — 1$ degani.
Ho`sh, unda puli to`langan baxtli foydalanuvchilar skrinshoti qayerdan keldi? Ha, bot to`laydi. Lekin hammaga ham emas. Butun mahallani pulini olib, 10 dan 1 qismini bitta odamga to`laydi. Pulini olgan odam hursandligidan adminga sog`liq salomatlik tilab «Boyakamiz bor bo`lsinlar» deb qo`yadi.
Xulosa: Agar bot sizga ham pul to`lasa, bilingki — bu bir necha balki yuz balki ming odamning haqqi. Hursand bo`lishga hali erta. Shu sabab, halol mehnat qiling, to`g`ri fikr yuriting va eng asosiysi — oson pul topishga intilmang.
«Бас, Аллоҳ, албатта, содиқ бўлганларни ҳам билажак, ёлғончиларни ҳам билажак»
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Вы откуда?