Ferrari kompaniyasi o‘zining Roma deb atalgan yangi modelini taqdim etdi. Superkar Italiya poytaxti Rim sharafiga shunday atalgan.
Ferrari Roma Rimda mijozlar uchun tashkillashtirilgan maxsus tadbirda taqdim etilgan. Yangi kupeda futuristik dizayn va yuqori ko‘rsatkichlar uyg‘unlashgan.
Mashinaning uzunligi 4656 mm.ni, eni 1974 mm.ni, balandligi 1301 mm.ni, g‘ildiraklar orasidagi oralig‘i 2670 mm.ni tashkil qiladi. Roma 1472 kg og‘irliqda bo‘lib, u Ferrari 250 GT Berlinetta Lusso va 250 GT 2+2 modellaridan ilhomlanib yaratilgan.
Superkar 4 yil qatorasiga “Yil dvigateli” deb tan olingan 3,9-litrli V8 motori bilan jihozlangan. U 620 ot kuchini beradi.
Dvigatel 8 pog‘onali uzatmalar qutisi DCT bilan birgalikda ishlaydi. Mashina joyidan 100 km/soat tezlikka 3,4 soniyada, 200 km/soat tezlikka esa 9,3 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi 320 km/soatni tashkil qiladi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Ayol xonandalardan qaysilari yoqadi?