Bugungi ro‘yxatda sizni katta ekran va NFC’li Redmi Note 8T, 108 Mp kamerali Xiaomi Mi CC9 Pro va Motorola RAZR yig‘ma (raskladushka) telefoni kutmoqda. Xiaomi Redmi Note 8T
Xiaomi ushbu smartfonni ishlab chiqarayotganiga oid mish-mishlar rasmiy e'londan oldin paydo bo‘ldi. Gadjet deyarli Redmi Note 8 bilan bir xil, ammo o‘zida juda ko‘p xaridor uchun muhim bo‘lgan NFC moduli mavjudligi bilan ajralib turadi. Eng muhimi, Redmi Note 8T’da protsessor sifatida MediaTek chipi o‘rniga Snapdragon 665’dan foydalanildi.
Qolgan qismlari xuddi avvalgisini takrorlaydi — tomchi shaklidagi kesim va «iyakda» seriya logotipi, to‘rt modulli yuqori sifatli kamera va tezkor quvvat olish imkonini beruvchi USB Type‑S porti.
Texnik tavsifi Displey: IPS LCD, 6,3 dyuym, 2340×1080 piksel. Protsessor: Snapdragon 665. Kamera: asosiy - 48 megapiksel (bosh) + 8 megapiksel (ultra keng burchak) + 2 megapiksel (ajratilgan makro kamera) + 2 megapiksel (chuqurlik sensori); frontal kamera — 13 megapiksel. Xotira: 3/4 GB operativ, 32/64/128 GB ichki, 256 GB’gacha microSD karta uchun joy. Batareya: 4000 mA/s. Tizim: Android 9.0 Pie (MIUI 10). Qurilmaning rasmiy narxi quyidagicha: 3 GB operativ + 32 GB ichki xotira — 217 AQSh dollari. 4 GB operativ + 64 GB ichki xotira — 248 AQSh dollari. 4 GB operativ va 128 GB ichki xotira — 279 AQSh dollari.
Xiaomi Mi CC9 Pro
Ushbu smartfon deyarli flagmanlarga xos xususiyatlarga ega. Avvalo, kameralari bilan ajralib turadi — ular Mi CC9 Pro'da oltita: bitta frontal va beshta orqa.
Samsung mahsuloti bo‘lgan asosiy modul 108 megapikselli matritsaga ega, uning yonida 5 karra optik va 50 karra gibrid kattalashtirish imkonini beradigan 5 megapikselli televik, 12 megapikselli portret linzalari, 117 daraja ko‘rish burchagiga ega super kengaytirilgan 20 megapikselli modul va 2 megapikselli makrolinza mavjud. Mobil fotosuratlarni sevuvchilarni jalb qiladigan juda ta'sirli to‘plam.
Barmoq izlari skaneri ekran ostiga joylashtirilgan, u shuningdek, hattoki tizim bloklangan holatida ham bildirishnomalar va vidjyetlarni ko‘rsatadigan Always On rejimida. Gadjet tezkor zaryad olishni qo‘llab-quvvatlaydi va 5260 mA/s quvvatli batareyaga ega. Bundan tashqari, 3,5 mm diametr hajmdagi quloqchin uyasi mavjud.
Mi CC9 Pro, shuningdek, Yevropada Mi Note 10 va Note 10 Pro deb nomlangan versiyalarga ega. Ularning xususiyatlari umuman olganda, Mi CC9 Pro’dan farq qilmaydi. Texnik tavsif Displey: AMOLED, 6,47 dyuym, 2340×1080 piksel. Protsessor: Snapdragon 730G. Kamera: asosiy — 108 megapiksel (bosh) + 20 megapiksel (ultra keng burchakli) + 12 megapiksel (portret linzalari) + 5 (teleobektiv) + 2 megapiksel (makrokamera); frontal — 32 megapiksel. Xotira: 6/8 GB operativ, 128/256 GB ichki. Batareya: 5260 mA/s. Tizim: Android 9.0 Pie (MIUI 10). Xotira hajmiga qarab qurilmaning narxi quyidagicha: 6 GB + 128 GB — 2799 yuan (≈ 398 AQSh dollari); 8 GB + 128 GB — 3 099 yuan (≈ 440 AQSh dollari); 8 GB + 256 GB — 3 499 yuan (498 AQSh dollari). Smartfon uchta rangda taqdim etiladi: qora, yashil va marvarid-oq.
Honor V30 va V30 Pro
Huawei kompaniyasidan 5G’ni qo‘llab-quvvatlaydigan yangi flagman smartfonlar. Ular ekranning yon tomonida joylashgan ikkita old kamera bilan ajralib turadi. Uning asosiy moduli 32 megapikselli, ikkinchisi — 8 megapiksel. U keng burchakli va guruh selfisi uchun mo‘ljallangan. Barmoq izlari skaneri yon tomonda, korpus chetida joylashgan.
Kichik versiya va Pro o‘rtasida farqlar ko‘p emas. Birinchidan, protsessor: Honor V30’da alohida Balong 5000 5G modemiga ega Kirin 990 chipi bor, V30 Pro esa Kirin 990 5G «hammasi birda» protsessoriga ega, shu orqali ma'lumotlarni tezroq uzatish ta'minlanadi.
Ikkinchidan, asosiy kamera. V30 Pro’da boshqa modullar orasida videoga va suratga olish uchun 12 megapikselli kamera bor bo‘lsa, V30’da uning o‘rniga 8 megapikselli keng burchakli kameradan foydalanilgan. Boshqa tarafdan smartfonlar deyarli bir xil.
Texnik tavsif Displey: IPS LCD, 6,57 dyuym, 2400×1080 piksel. Protsessor: Kirin 990 — kichik versiyada, Kirin 990 5G — katta versiyada. Kamera: asosiy — 40 megapiksel (bosh) + 8 megapiksel (ultra keng burchak) + 8 megapiksel (teleobektiv) kichik versiya uchun, 40 megapiksel (asosiy) + 12 megapiksel (ultra keng burchak) + 8 megapiksel (teleobektiv) katta model uchun; frontal — 32 megapiksel (bosh) + 8 megapiksel (ultra keng burchak). Xotira: 6 GB operativ, 128 GB ichki — kichik modelda, 8 GB tezkor va 128/256 GB — kattasida. Batareya: Honor V30’da 4,200 mA/s, Pro’da 4,100 mA/s. Tizim: Android 10. 0 (Magic UI 3). Honor V30’ning 6/8 GB operativ va 128 GB ichki xotirali versiyasi 3299 yuan (≈ 470 AQSh dollari) narxida sotiladi. 8 GB tezkor xotiraga ega Pro versiya 3,899 yuan (≈ 555 AQSh dollari) etib baholangan.
Motorola RAZR
Agar esingizda bo‘lsa, Motorola’ning RAZR V3 yig‘ma telefoni 2000-yillarda juda mashhur bo‘lgan. Kompaniya o‘zining afsonaviy qurilmasini zamonaviy katlanadigan smartfon shaklida jonlantirishga qaror qildi. U egiluvchan 6,2 dyuymli displeyga ega va qopqog‘ida bildirishnomalarni aks ettiradigan va zaxira viziri vazifasini o‘taydigan qo‘shimcha ekran mavjud.
Motorola RAZR’da kameralar atigi 2ta: qopqoqdagi asosiy kamera va chuqurchada selfi moduli. Gadjet 2,510 mA/soat batareya bilan jihozlangan va USB-C orqali 15 Vt tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Quyida, turtib chiqqan joyda barmoq izi skaneri joylashgan. Texnik tavsifi Displey: P-OLED, 6,2 dyuym, 2 142 × 876 piksel. Protsessor: Snapdragon 710. Kamera: asosiy — 16 megapikselli + TOF 3D; frontal — 5 megapiksel. Xotira: 6 GB operativ, 128 GB ichki. Akkumulyator: 2 510 mA/s. Tizim: Android 9.0 Pie. Motorola RAZR faqat qora rangda mavjud bo‘ladi va uning bahosi 1 500 AQSh dollari narxida belgilangan. Albatta, bukiluvchan ekranlar qimmat hisoblanadi — vaholanki, RAZR’ning boshqa texnik jihatlari o‘rtacha.
Motorola One Hyper
Motorola’dan yana bir gadjet, bu safar yanada sodda. U kompaniyaning periskop selfi-kamerali ilk mahsulotidir. Kamera matritsalari 32 Mp. Orqa paneldagisi asosiy 64 Mp’li datchik va qo‘shimcha 8 Mp modul orqali ikkilangan va kichik ajralib chiqqan qismda joylashgan. Xuddi shu joydan uzoq bo‘lmagan holatda barmoq izi skaneri o‘rnatilgan.
Motorola One Hyper smartfoni Android 9 Pie operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi, Android 10’gacha yangilash mumkin va 4 GB operativ hamda 128 GB ichki xotiraga ega.
Texnik tavsifi Displey: IPS LCD, 6,39 dyuym, 2 340×1 080 piksel. Protsessor: Snapdragon 675. Kamera: asosiy — 64 Mp (bosh) + 8 Mp (chuqurlik datchigi); frontal — 32 Mp. Xotira: 4 GB tezkor, 128 GB doimiy, 512 GB’gacha hajmdagi microSD karta uchun slot. Akkumulyator: 4 000 mA·s. Tizim: Android 9 Pie. Uskunaning narxi hali ochiqlanmadi.
Vivo Z5i
Vivo’dan o‘rtacha narxdagi tasnifga kiruvchi katta ekranli smartfon. Selfi-kamera tomchi ko‘rinishidagi kesimga joylashtirilgan. Asosiy kamera — uchta, orqa panelda bundan tashqari barmoq izi skaneri ham o‘rin olgan.
Vivo Z5i yetarlicha katta hajmli akkumulyator bilan qurollangan deb ayta olamiz — 5 000 mA/s, demakki u ancha vaqt avtonom holatda ishlay oladi. Quvvatlantirish microUSB tirqichi orqali amalga oshiriladi, 3,5 millimetrli quloqchinlarga mo‘ljallangan tirqich ham istisno emas.
Texnik tavsifi Displey: IPS LCD, 6,53 dyuym, 2 340 × 1 080 piksel. Protsessor: Snapdragon 675. Kamera: asosiy — 16 Mp (bosh) + 8 Mp (ultra keng burchakli) + 2 Mp (makrokamera); frontal — 16 Mp. Xotira: 8 GB tezkor, 128 GB doimiy, 256 GB’gacha hajmdagi microSD karta uchun slot. Akkumulyator: 5 000 mA·s. Tizim: Android 9.0 Pie (Funtouch 9.2) Ishlab chiqaruvchilar Vivo Z5i’ni 250 AQSh dollarida baholashgan.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Ayol xonandalardan qaysilari yoqadi?