Monterey-Bey ilmiy tadqiqot instituti akvariumi (MBARI) olimlari AQShning Kaliforniya shtatidagi dengiz tubida minglab sirli chuqurliklar borligini aniqladi. Obyektlarning paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lgani noma’lumligicha qolmoqda. Bu haqda “Phys.org” nashri xabar bergan.
Chuqurliklar eng kattasining eni 175 metr, chuqurligi 5 metr va aylana shaklidagi devorlar bilan o‘ralgan. Bu kabi obyektlarning jami 5,2 mingtasi aniqlangan, umumiy maydoni 1,3 ming kvadrat kilometrni tashkil etgan. Katta bo‘lmagan mikrodepressiya chuqurlarining diametri 11 metrgacha yetadi va chuqurligi 1 metrgacha. Ularning devorlari tik va pastga qarab cho‘zilgan.
Bu kabi noma’lum shakldagi chuqurliklar dunyo okeanidagi deyarli barcha joylarda uchraydi va metan hamda suv ostidagi boshqa moddalarning chiqindilari tufayli vujudga kelgan. Ushbu holat suv tubining beqarorlashuvi neft platformalari va shamol turbinalarining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Lekin MBARI olimlari chuqurlardan metan qoldiqlarini topmagan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, chuqurliklar yaqin 50 yil ichida faollashmaydi.
Barcha mikrodepressiyalarda toshlar, suv o‘tlari, suyaklar, chiqindi va baliq ovlash vositalarining bo‘laklari mavjud. Tadqiqotchilar ushbu teshiklar paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lmagani va chuqurliklar suv oqimining o‘zgarishi sababli shakllanganini ta’kidlagan.
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Erkak xonandalardan qaysilari yoqadi?