Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi yangi gadjet tayyorlamoqda. Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlarda ushbu gadjetning suratlari tarqaldi.
Suratlarga qaraganda, buklama smartfon Motorola Razr tarzida bo‘ladi. U o‘lchami va shakli bilan Galaxy S10 smartfonini eslatadi, ammo teng yarmidan buklanib kvadrat shaklini hosil qiladi, deb xabar bermoqda Ars Technica.
Galaxy Fold’da bo‘lgani kabi yangi smartfonda ham displey uzra joylashtirilgan keng plastik rom bor. U qurilma yopilganida ekranlar bir-biriga tegmasligiga xizmat qiladi.
Hozircha nomi ma'lum qilinmagan gadjetning yonboshida barmoq izlari skaneri joylashgan.
Qurilmaning pastki qismida dinamik va USB-C porti joylashgan bo‘lib, quloqchin uchun tirqish ko‘rinmaydi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Qanday brauzerdan foydalanasiz?