Yaponiyaning Sony kompaniyasi Las-Vegasda o‘tayotgan Consumer Electronic Show 2020 ko‘rgazmasida o‘zining ilk elektrokari Vission-S’ning konseptini taqdim qildi. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.
Elektromobil 33 ta turli tashqi va ichki datchiklar, bir nechta keng ekranli displeylar va 360 Reality Audio audiotizimi bilan jihozlangan. Bu loyihada Sony’dan tashqari, BlackBerry, Bosch, Nvidia, Qualcomm va boshqa texnologik kompaniyalar ishtirok etmoqda. Elektromobil uchun asosni avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi Magna kompaniyasi ishlab chiqqan.
Avtomobil har biri 268 ot kuchiga ega ikkita dvigatel bilan jihozlangan va 100 km/soat tezlikka 4,8 soniyada erisha oladi. Mashinaning maksimal tezligi 240 km/soatni tashkil qiladi. Ayni vaqtda yapon kompaniyasi elektrokarni qachon seriyali tarzda ishlab chiqarishi noma'lum.
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Erkak xonandalardan qaysilari yoqadi?