Xiaomi kompaniyasi “kelajak smartfoni”ni patentladi
Xiaomi kompaniyasi noodatiy smartfon uchun patent oldi — unga hoshiyasiz displey o‘rnatilgan bo‘lib, yon klavishlar va metall korpus o‘rnini ham displey egallagan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Yon tomonlari egilgan displeyga ega zamonaviy smartfonlardan farqli o‘laroq ushbu smartfon ekrani to‘g‘ri burchak ostida egilgan. Barcha qo‘shimcha ma’lumotlar yon ekranga chiqadi — quvvat darajasi, signal mavjudligi va hokazo. Shuningdek, yana yon tomonga boshqaruv tugmasini ham joylashtirsa bo‘ladi, masalan, “uyga” va “orqaga” kabi.
Smartfonning yon tomonlariga ham to‘laqonli displeylar o‘rnatilgani sabab ularni aniq bir dasturga moslashtirsa bo‘ladi. Masalan, pleyer ochiq bo‘lganida qo‘shimcha ekran orali musiqani boshqarish tugmasini ko‘rsatish.
Bu hozircha faqatgina patent hisoblanadi. Biroq zamonaviy texnologiyalar shu turdagi g‘oyani amalga oshirish imkonini beradi — Xiaomi buni Mi MIX Alpha misolida isbotlab bergan ham. Faqat bu kabi qurilmani ommaviy ishlab chiqarib bo‘lmaydi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Ayol xonandalardan qaysilari yoqadi?