Avstraliyaning Svinbern texnologiya universiteti va Melburn qirollik texnologiya universiteti (RMIT) tadqiqotchilari tarmoqqa ulanish tezligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi, deb xabar beradi The Verge.
Olimlar ishining natijalariga ko‘ra, ular 44,2 Tb/soniya tezlikka erishishga muvaffaq bo‘lgan. Nazariy jihatdan, bu bir soniyada 100 gigabayt hajmga ega 50 ta Blu-ray disklari uchun Ultra HD sifatli kontentni yuklab olish uchun yetarli.
E’tiborli jihati, loyiha mualliflari bu kabi yuqori tezlikdagi signalga uzunligi 75 kilometrga teng oddiy optik tolali kabelga integratsiyalashgan birgina mikrosxema yordamida erishgan.
“Bizning tadqiqotimiz National Broadband Network loyihasi sabab yer ostidan tortilgan tolaning imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi. Biz kelajakdagi iste’mollar uchun keng ko‘lamli mahsulot yaratdik”, — deydi tadqiqotning yetakchi mualliflaridan biri Bill Korkoran.
Bu turdagi signal darajasiga erishishda ma’lumotlar almashinuvining ancha samarali usulini taqdim etuvchi Micro-comb texnologiyasi yordam bergan. Olimlarning aytishicha, Micro-comb kabellar bilan birga dala sinovlarida foydalanilgan.
Endilikda olimlar o‘z ixtirosini mavjud infratuzilma sharoitiga moslashtirish niyatida.
Agarda mazkur texnologiya qachondir to‘laqonli foydalanishgacha yetib borsa, ularga birinchi bo‘lib data-markazlar ega bo‘ladi. Potensial narxning arzonlashuvi oddiy foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratishi mumkin, biroq ularga bu kabi tezlik kerak bo‘lmasa kerak.
So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,3 barobarga o‘sgan – 11,62 Mbit/soniyadan (2019-yil mart holatiga ko‘ra) 26,92 Mbit/soniyagacha (2020-yil mart holatiga ko‘ra).скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Saytimiz sizga yoqdimi?