• Наши Правила
  • Контакты
  • Статистика
  • Регистрация
  • Вход в аккаунт

Beruniy.Net

  • В начало
  • Новости
    • Новости Узбекистана
    • Новости Шоу-Бизнеса
    • Новости Технологий
    • Новости Мира
  • Музыка
    • Берунийская Музыки
    • Узбекская Музыки
    • Зарубежная Музыки
  • Клипы
    • Берунийские Клипы
    • Узбекские Клипы
    • Зарубежные Клипы
  • Концерты
  • Фотогалерея
    • Shou-Biznes
    • Обои
  • Футбол
    • Новости Футбола
    • Футбол Видео
  • Мобильная Версия

Beruniy.Net » Новости » Новости Технологий » “Piyoda yuradigan” mashina, oq-qora ekranli smartfon va tarjimon ko‘zoynak – hafta texnodayjesti

“Piyoda yuradigan” mashina, oq-qora ekranli smartfon va tarjimon ko‘zoynak – hafta texnodayjesti  

Oq-qora ekranli smartfon

Xitoyning Hisense kompaniyasi 6,1 dyuymli E-Ink-displeyga ega A9 smartfonini namoyish etdi. Uning narxi 1800 yuan (265 dollar) deb baholangan.
“Piyoda yuradigan” mashina, oq-qora ekranli smartfon va tarjimon ko‘zoynak – hafta texnodayjesti

Hisense A9 smartfonida asosiy ekran sifatida elektron siyohli (E-Ink) ekrandan foydalanilgan. Bunday ekranlarga quyosh nuri to‘g‘ridan to‘g‘ri tushib turganida ham ko‘rish darajasi yomonlashmaydi. Bundan tashqari, E-Ink-displeylar IPS yoki OLED ekranlarga nisbatan kamroq energiya sarflaydi.

Smartfon 13 Mp asosiy va 5 Mp orqa kamera bilan jihozlangan, yon tomonida esa barmoq izlari skaneri joylashgan.

Hisense A9ga Qualcomm Snapdragon 662 chipi o‘rnatilgan, uning doimiy xotirasi 128 GB, tezkor xotirasi esa 4 yoki 6 GB.

Smartfonning akkumulyatori sig‘imi 4000 mAsga teng.

iPod ishlab chiqarish to‘xtatiladi
“Piyoda yuradigan” mashina, oq-qora ekranli smartfon va tarjimon ko‘zoynak – hafta texnodayjesti

Apple kompaniyasi iPod ishlab chiqarishni to‘xtatishi haqida e’lon qildi. Qayd etilishicha, qurilma sotuvi omborlar va do‘konlarda zaxiralar tugagunga qadar davom etadi.

«Pleyer o‘z vaqtida yo‘lda musiqa tinglash uchun chiqarilgandi, biroq hozirda bu funksiya amalda barcha Apple qurilmalari, xususan, telefonlar, aqlli soatlar va planshetlarda ham mavjud», deyiladi kompaniya xabarida.

Ma’lumot uchun, dastlabki iPod 2001 yilda paydo bo‘lgan. U qora va oq ekran, 5 Gb xotira va g‘ildirak ko‘rinishidagi mexanik boshqaruv tugmalariga ega bo‘lgan. Keyinroq Apple pleerning bir nechta versiyalarini chiqardi. Qurilma raqamli musiqa do‘konlari ommalashishiga katta hissa qo‘shgan. Dastlabki iPod chiqarila boshlangandan ikki yil o‘tgach, iTunes do‘konidan o‘n millioninchi qo‘shiq yuklab olingan.

Qora tuynuk tasviri
“Piyoda yuradigan” mashina, oq-qora ekranli smartfon va tarjimon ko‘zoynak – hafta texnodayjesti


Event Horizon Telescope (EHT) astronom va olimlar jamoasi birinchi marta Yer sayyorasi joylashgan Somon yo‘li galaktikasi markazidagi o‘ta massiv qora tuynuk Sagittarius A tasvirini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, odamlar olingan tasvir orqali qora tuynukning o‘zini ko‘ra olmaydi, chunki u mutlaqo qorong‘i. Faqatgina uning atrofidagi nur sochuvchi gazning o‘ziga xos alomatini ko‘rish mumkin.

«Halqaning kattaligi Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi taxminlariga qanchalik mos kelishidan hayratda qoldik. Bu misli ko‘rilmagan kuzatishlar galaktikamiz markazida sodir bo‘layotgan jarayonlar haqidagi tushunchamizni ancha yaxshiladi», — deydi olim Jyeffri Bauer.

Sagittarius A Yerdan taxminan 27 ming yorug‘lik yili masofasida joylashgan. Qora tuynuk diametri Quyosh diametridan qariyb 17 marta katta hamda undan to‘rt million marta og‘ir.

Qozog‘istonda turk dronlari ishlab chiqariladi

“Piyoda yuradigan” mashina, oq-qora ekranli smartfon va tarjimon ko‘zoynak – hafta texnodayjesti


Qozog‘istonda Turkiyaning ANKA zarba beruvchi dronlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Türk Havacılık ve Uzay Sanayi AŞ (TUSAŞ) aerokosmik kompaniyasi xabar berdi.

Qozog‘iston delegatsiyasining Anqaraga tashrifi doirasida TUSAŞ va Kazakhstan Engineering kompaniyalari o‘rtasida Qozog‘istonda ANKA dronlarini ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishuv imzolangan.

Dronlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari ham Qozog‘istondagi qo‘shma korxonada olib boriladi.

Qozog‘iston ANKA dronlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan birinchi xorijiy davlat bo‘ladi.

“Piyoda yuradigan” mashina

Hyundai UMV yoki Ultimate Mobility Vehicles deb ataladigan bir nechta piyoda yuradigan transport vositalari konsepsiyasi ustida ishlamoqda.

Shu maqsadda kompaniya Bozmandagi universitetda taxminan 20 million dollarga yangi tadqiqot markazi quradi. Markaz qadam tashlab yuradigan avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.

Ta’kidlanishicha, robotga o‘xshash yangi transport to‘rtta elektr g‘ildirak bilan jihozlanadi, ularning har biri bo‘g‘imli «oyoq»larga o‘rnatiladi. Ular har qanday yo‘nalish va sharoitda egilish, ko‘tarilish va qayrilishni biladi. To‘siqlardan oshib o‘tishi, qiyin cho‘qqilarga chiqishi va tushishi mumkin. Avtomobil to‘liq avtonom tartibda ishlaydi, shuning uchun uning salonida yo‘lovchilarga joy yo‘q.

iPhone 14 Maxʼning xususiyatlari
“Piyoda yuradigan” mashina, oq-qora ekranli smartfon va tarjimon ko‘zoynak – hafta texnodayjesti


iPhone 14 Max joriy yilning kuz faslida sotuvga chiqarilishi reja qilingan. Manbaning yozishicha, smartfon 2248 x 1284 pikselli va 6,68 dyuymli OLED-displey bilan jihozlanadi. Shuningdek, A15 Bionic bir chipli tizimi asosida ishlab chiqariladi hamda 6 Gb LPDDR4X operativ xotira va 128 Gb yoki 256 Gb ichki flesh-xotiraga ega bo‘ladi.

Smartfonning orqa tomonida 12 megapikselli ikkita tasvir sensoridan iborat qo‘sh kamera o‘rnatiladi. Bundan tashqari, old kameraning sifati yaxshilanishi va sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa qilish imkoniyati ham qo‘shilishi mumkin.

Xabar qilinishicha, 6 Gb tezkor va 128 Gb flesh-xotiraga ega iPhone 14 Max versiyasi 900 dollardan sotuvga chiqariladi

Tarjimon ko‘zoynak
“Piyoda yuradigan” mashina, oq-qora ekranli smartfon va tarjimon ko‘zoynak – hafta texnodayjesti


Yaqinda taqdim etilishi kutilayotgan Google Glass’ning prototipi video shaklida namoyish etildi. Aqlli ko‘zoynak real vaqt davomida linzada matn va tarjimani aks ettiradi. Unda Google Translate yordamida subtitrlar tuziladi. Yangi innovatsion texnologiya eshitish qobiliyatida nuqsoni bor insonlar uchun bir qancha qulay imkoniyatlarni taqdim etadi.

«Biz til to‘siqlarini yengib o‘tish imkonini beruvchi texnologiya ustida ishlayapmiz», deydi Google kompaniyasining mahsulotlarni boshqarish bo‘yicha direktori Eddi Chun.

Google Glass’ning xususiyatlari va texnik o‘ziga xosliklari haqida to‘liq ma’lumot berilmadi. Subtitr linzada qanday ko‘rinishi ham ochiqlanmaganскачать dle 10.5фильмы бесплатно
Автор :Adminka   Просмотров:259   комментариев : 0 
Нравится 0

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.

Назад

Похожие:

  • Huawei 108 megapikselli kameraga ega yangi smartfonini namoyish etdi

    Huawei 108 megapikselli kameraga ega yangi ...

  • Xiaomi hammayog‘i ekrandan iborat smartfonni namoyish etdi. Uning puliga to‘rtta iPhone beradi

    Xiaomi hammayog‘i ekrandan iborat smartfonni ...

  • Samsung yangi buklama smartfon ishlab chiqarish ustida ish boshladi

    Samsung yangi buklama smartfon ishlab chiqarish ...

  • Xiaomi 64 Mpli kameraga ega dunyodagi ilk smartfon Redmi Note 8 Pro’ni taqdim qildi

    Xiaomi 64 Mpli kameraga ega dunyodagi ilk ...

Информация


Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Топ Клипы

  •   Nilufar Usmonova - Lalixon  
  •   Shohruhxon - Ey yor  
  •   Faxriddin Qalqon - Qaytib kelma  
  •   Odilbek Abdullayev - Mandada yurak bor  

Топ Музыки

  •   Gulinur - Bono gal  
  •   Xamdam Sobirov-Vaziram  
  •   Rayhon-Aldandim  
  •   Munisa Rizayeva - Jonginam  
  •   Afruza feat Valixon Zaynobiddinov -   
  •   Otabek Isroilov - Sevib qoldim  
  •   Bahrom Alisherovich - Go'zzim qizdi  
  •   Islom Italyoshev - Ay-yoya  
  •   Xumora - Yoqadi manga  
  •   Jahongir Otajonov - Ko'zi qaro  


все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать

Reklama

Популярные Новости

    Опрос

    Qanday brauzerdan foydalanasiz?


     
      © Beruniy.Net 2016-2021