Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jiang Yan xonimning respublikamizga tashrifi davom etmoqda. Elchi 4 oktyabr kuni Beruniy tumanida boʻldi.
Mehmon dastlab tumandagi Xitoy Xalq Respublikasining “Shansi eko sement” kompaniyasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyasi bilan qurilishi boshlanish arafasida turgan “Shobboz obod sement” MCHJga tegishli sement zavodi quriladigan yer maydonini koʻzdan kechirdi. Ushbu hududda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, hamkorlik asosida bunyod etilishi rejalashtirilayotgan sement zavodi loyihasini yuqori baholadi.
Bundan soʻng mehmonlar “Abay” OFY hududidagi “Shaxrixan Nadirbek” fermer xoʻjaligida boʻlib, joriy yilning aprel oyida xitoylik mutaxassislar ishtirokida shoʻrlangan yerlarda tajriba sifatida ekilgan paxta dalasini koʻzdan kechirdi. Chigitning unib chiqishi va hosildorligi bilan qiziqdi. Ahamiyatli tomoni, Jiang Yan xonim ushbu paxta dalasida katta qiziqish bilan paxta terdi. U paxta terimida shaxsan qatnashganligidan va buning bilan oʻzining paxta terish orzusining ushalganligidan xursand ekanligini aytib, buning uchun fermer xoʻjaligi bilan “Abay” OFY rahbarlariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Paxta terimidan soʻng mehmonlar tumandagi “Quralpa” qovun bozorini borib koʻrib, ushbu yerdagi narxlar bilan tanishdi va qovunlarning taʼmiga yuqori baho berdi.
Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar “Kashfiyotchi yoshlar” xususiy korxonasiga tegishli gidroponika usulida pomidor yetishtiruvchi issiqxonaga tashrif buyurib, ushbu yerdagi ishlar bilan ham yaqindan tanishdi va korxona rahbariga oʻzining iliq fikrlarini bildirdi.
Elchining paxta terimida ishtirok etishi barcha yoshlarimizni, butun xalqimizni paxtaning bir xonasini ham nobud qilmay yigʻib-terib olishga ruhlantiradi, degan umiddamiz.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Erkak xonandalardan qaysilari yoqadi?