Dollar kursi kelgusi hafta yana oshishi kutilmoqda
29-oktabr, dushanba kuni dollarning rasmiy kursi yana 11 so‘mga oshib, 8237 so‘mni tashkil qilishi mumkin. Bu valyuta bo‘yicha haftalik savdolar orqali tasdiqlanadi, deya xabar beradi “Turon 24”.
Dollar kursi oshishining asosiy sabablaridan biri O‘zbekistonning eng asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlar milliy valyutasining qadrsizlanishidir.
Jumladan, O‘zbekiston bilan tovar aylanmasi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadigan Turkiya lirasi dollarga nisbatan o‘tgan 9 oyda 57 foiz qadrsizlangan. Rossiya rubli esa 9 oyda 14 foiz arzonlashgan. Xitoy va Qozog‘iston milliy valyutalari kurslari esa dollarga nisbatan 7 va 10 foiz tushib ketgan. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston so‘miga ham ta’sir qilmoqda.
Tijorat banklari valyuta ayirboshlash shoxobchalarida hozir dollarni aholidan 8220 so‘mdan sotib olmoqda. Konversion kartaga sotish kursi esa 8300 so‘mni tashkil etadi. Keyingi haftada ushbu kurslar ham rasmiy kurs orqasidan oshishi mumkin.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Erkak xonandalardan qaysilari yoqadi?