Qaysi erkakni tanladingiz? Oʻzingiz haqingizda koʻproq bilib oling .
Har insonning hayotiga oʻziga oʻxshagan inson kirib kelar ekan. Siz oʻzgarasiz – siz kutgan odam oʻzgaradi. Atrofingizdagi insonlar sizning ichki dunyongizni takrorlaydi. Yaqiningiz kim u – sizning kopiyangiz. Qanday erkakni sizning hayollaringiz chorladi? U sizning hayotingizga kirib keldi. Qanday erkakni hayollaringiz chorladi, siz istagan odam, miyangiz istagan odam shu edi.
TЕST JAVOBLARI
1. Narsiss Narsisning siyosatiga maftun boʻlasiz. Narsisning chiroyli gapiga boʻysunasiz. Koʻpchilik narsislarni yaxshi koʻrib qolishadi. Shu jumladan siz ham. Bunday odamni yaxshi koʻrib qolib soʻng unutish oʻta mushkul va azobli. Agar narsis kabi insonni yaxshi koʻrib qolgan boʻlsangiz, demak siz ham narsis yaʼni oʻzini yaxshi koʻradigan odamsiz. Oʻzingizni aksingizni topgach uni yaxshi koʻrib qolasiz. Aslida bunday yaxshi koʻrishlar oʻziga maftun boʻlishdan boshqasi emas. Bunday ikkita inson birga ittifoq tuza olmaydilar. Ularning baland mavqei, katta salohiyati birini ikkinchisi koʻtara olmasligiga olib keladi. Sevgidan nafratgacha bir qadam degan uchrashuv va sevgi mana shu ikkita kuchli inson orasida paydo boʻladi. Ular bir-birovisiz tura olishmaydi, ammo birining ishiga ikkinchisi aralashishiniyam istashmaydi. Shuning uchun ularning munosabati bir-birini kuchsizlikda ayblash va bir-birini boʻysundirishga erishish istagi bilan yakunlanadi. Umuman olganda Narsissizm kasalligini davolash kerak.
2. Xissiyotsiz odam. Oʻzi haqida gapirishni istamaydigan odam. Beqaror va juda koʻp kechirim soʻraydi. Oʻtmishini aytib berishni istayveradi. Hozir sevdim deb, keyin hali uylanish haqida oʻylab koʻrmaganman ham deydigan odamlar ular. Xoʻrlangan, azoblangan va ogʻriqli kunlarini unuta olmaslik natijasida yana shunday boʻlishidan qoʻrqib yashovchilar. Bir soʻz bilan aytganda “Qatiqniyam puflab ichishadi!”. Bolalikdagi xotiralaringizni eslang va kechiring . Sizga zarba bergan erkaklarni eslang va kechiring . Shunda sizning yangi aksingiz yangi qiyofa taklif etadi. Hayotingizga kirgan bu hissiz odam bir kuni sevaman deb ertasiga hali uylana olmayman deydiganlar ketib oʻzingizdek qalbi pok oʻtmishidan voz kechgan kuchli inson hayotingizga kirib keladi.
3. Oʻziga past baho beruvchi erkak. Shunday olamlar borki, ular doimo oʻzini kimlardandir past deb oʻylaydilar. U oʻziga ishonmaydigan erkak. Agar sizning hayotingizga shunday oʻziga ishonchi yoʻq odam kirib kelsa, unga achinib yordam berishni boshlaysiz. Oʻzingizning loyihalaringiz qolib unga vaqtingiz, pulingiz va ishontirish uchun kuningiz ham ketib qoladi. Taʼmirlash kerak boʻlgan eski mashinadek bu inson. Uyogʻini tamirlasang , buyogʻi chiqib turadi va baribir yurmaydi! Siz esa bu “Mersedes”ku uni yana avvalgidek yaltiroq qila olaman deb kuyinaverasiz. Eski Mersedesdan yangi Neksiya yaxshiroq! Chunki siz erkak roliga oʻtib olishga majbur boʻlib qolasiz. Toʻgʻrisi, balki oiladagi bosh farzand boʻlganmisiz? Hamma ukalaringiz sizning qoʻlingizda katta boʻlganmi deyman! Jurʼatni erkakka ishonib topshiring. Oʻziga ishonch paydo bo'lgan erkak eplashni boshlaydi. Necha marta berganman jilovini qoʻliga, eplay olmagan, demang! Sabrlilik bilan jurʼatli yurak paydo boʻladi.
4. Qat'iyatsiz erkak! Oʻtmishida bir nechtalab “sevgi roman“lari boʻlgan va yana bir necha marta uylangan erkaklarni qatʼiyatsiz erkaklar deb ataymiz psixologiyada. Birinchi sevgisini bolaligim desa. Birinchi nikohini onam olib bergan, deydi. Ikkinchisi oʻzi tegib olgan boʻladi. Siz esa uchinchisi, yoʻq-yoʻq, oʻninchisisiz! Nega sizga bunday erkak uchrayveradi? Sababi siz eʼtiborga muxtojsiz. Qatʼiyatsiz erkak buni bilib qoladi va zulukdek sizga yopishib oladi. Qatʼiyatsiz erkak uylanadi faqat sizga emas! Bunday zulukdek siz bilan oʻyin oʻynovchi erkakka yaqinlashib qolmaslik uchun oʻzingizni hurmat qilishni boshlashingiz kerak. Menga eʼtibor va bir oz mehr kerak deb zorlanish beraxm odamlarga yoʻliqishdir. Oʻzingizga eʼtibor bering , zorlanmang, oʻzingizga raxm qilmang . Siz kuchlisiz!
5. Zuluk Pulingiz bu erkak qoʻlida. Qayerga borasiz, nima qilasiz undan soʻramaslik mumkin emas! Chunki boringizni topshirib uni sevib oʻtiribsiz. Sevgi yomon emas. Oʻz huquqingizni yoʻqotganingiz yomon! Siz oʻzingizga ishonmaysiz! Oʻzingizga past baho berasiz. Oʻziga ishongan odamlar zulukka qonini ichirib qoʻymaydi.
6. Yopishqoq Sizni xato qilishda ayblagan odam ham shu . Siz bilan gaplashganida kichkina qizaloqdek munosabat qiladi. Sizni ham bolalaringizni ham tanqid qilaveradi. Sizdan yordam soʻraganida esa baqirib, janjal bilan yordam soʻraydi. “Yoʻq” deyishni oʻrganing . Unga yaxshi koʻrinish uchun oʻzingizni qurbon qilayapsiz. Javobgarlik va masʼuliyatni kim zimmasiga olishi kerak? degan muammo koʻtarilganida u odam hayotingizdan yoʻqoladi. Boshqalarga yaxshi koʻrinish uchun oʻzingizni qurbon qilish toʻgʻri yoʻl emas. Oʻzingizni fido qilgach, men oʻzimni bagʻishladim deyish minnat qilishdir. Oʻzingizni qurbon qilishdan toʻxtagan kuningiz u yangi oʻzini unga fido qiladiganni topadi.
7. Munglig Hammaga xoʻp deydigan odamni koʻrganmisiz? Oʻziga ishonchsiz, oʻzining fikri yoʻq, istak xohishlaridan ham voz kechganlar boʻladi hayotda. Nimaga bunday noshudni tanladingiz? Chunki erkakga ham gap oʻrgatadigan xotinsiz. Sizga bu erkak rossa mos-da. Faqat uning xo'p deyishidan foydalanib bo'lgach “shuyam o'zini erkakman deb yuripti” deb kuyasiz orqasidan. Ko'ylak kiygan ayolsiz, qanday u erkak bo'lsin. Ayolga aylaning erkakni erkakligiga ruxsat bering
8. Erki yoʻq erkak U uylangan yoki unashtirilgan, umuman olganda boshqa ayol bilan munosabati bor. Ehtiyot boʻling! Agar erki boshqa ayolga bogʻliq erkakga bogʻlanib qolgan boʻlsangiz, demak, sizning oʻzingizga ishonchingiz past . Sizni oqlab boʻlmaydi. Chunki xotini bor erkakni yaxshi koʻrish boshqa shunday erkin odam topa olmaslikdir. Boshqa erkin odam topa olmaslik esa oʻzingizga boʻlgan ishonchsizlikdir. Aldamchi bilan birlashish oʻzingizni ham aldashdir. Bitta toʻgʻri yoʻl bor – aldanish ehtiyojidan voz keching . Xotinimdan voz kechganman, ajrashish qoldi, bolalarim yosh shuning uchungina yashayapman, degan erkak bilan munosabatdan zudlik bilan voz keching!
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Saytimiz sizga yoqdimi?