Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi saylovi boʻyicha boʻlib oʻtgan qoʻshma majlisda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov senator etib saylangan.
Shu yilning 27 dekabr kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisida Farhod Ermanov Senati aʼzosi sifatida roʻyxatga olingan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 30 noyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlangandi.
Maʼlumot uchun, F.Ermanov 1958 yilda tugʻilgan. Ilgari Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Beruniy tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Saytimiz sizga yoqdimi?