Mustaqilligimiz sharofati bilan 1989-yili 1-dekabr qorakalpoq tiliga davlat tili maqomi berilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zbek tili va qoraqalpoq tili davlat tili sifatida yuritilib kelinmoqda.
Butun dunyo bo‘ylab qoraqalpoqlar 1-dekabr kuni ona tili bayramini nishonlashadi. Qoraqalpoqlar – turkiy xalq bo‘lib, dunyo bo‘yicha umumiy 800 mingdan ziyodni tashkil qiladi. Millatning nomi qadimda ular kiygan bosh kiyimga borib taqaladi. Qoraqalpoq tili turk tillar oilasining qipchoq guruhiga kiradi. U qozoq hamda no‘g‘oy tillariga yaqin, shunchalik yaqinki, tadqiqotchilar qoraqalpoq tilini qozoq tilining shevalaridan biri deb ham hisoblashadi. Qoraqalpoq tilida 400 ming atrofidagi kishi gaplashadi. Tilda shimoli-sharqiy va janubi-g‘arbiy lahjalar bor. Qoraqalpoq yozuvida ham o‘zbek tili yozuvidagi kabi bir necha bosqichlar bo‘lgan. U 1928-yilgacha arab alifbosi asosida yozilgan bo‘lsa, keyin lotin alifbosiga o‘tdi. 1940-yilda kirill yozuviga, 1994-yilda esa yana lotin alifbosini qabul qildi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Qanday brauzerdan foydalanasiz?