Koronavirus infektsiyasining Oʼzbekistonga kirib kelishi natijasida ayrim fuqarolarimizda vahimaga tushish holatlari boʼlganligi ham rost gap. Аyrim tumanimizning fuqarolari bizning tumanda ham koronavirus “chiqibdi” degan mish-mishlari asossiz.
2020 yil 20 mart holatiga Qoraqolpogʼiston Respublikasining bironta tumanida ham koronavirus roʼyxatga olinmagan. Koronavirus kasalligiga qarshi profilaktik chora-tadbirlar tizimli ravishda olib borilmoqda. Tuman hokimligida koronavirus infektsiyasi epidemiyasiga qarshi kurashish shtabi tuzilgan. Shtab kecha va kunduz 24 soat faoliyat olib boradi. Koronavirusga qarshi olib borilayotgan barcha tadbirlar ommaviy axborot vositalarda yoritib borilmoqda.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari koronavirus infektsiyasining tumanimizga kirib kelmasligining oldini olish uchun shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishni, niqob taqib yurishni, zarurat boʼlmasa aholi gavjum joylariga bormaslikni maslahat beramiz.
Tumanimizga xorijiy va qoʼshni davlatlardan kelgan fuqarolarga oʼzi yashaydigan xududdagi uchastka shifokorini telefon orqali uyiga chaqirib tibbiy koʼrikdan oʼtishni tavsiya qilamiz va 14 kun davomida uy sharoitida tibbiy nazoratida boʼlishni soʼraymiz. Аgar Siz chet davlatlardan kelgan boʼlsangiz va Sizda kasallik belgilari maboda kuzatilsa tez tibbiy yordam boʼlimiga murojat qilishingizni soʼraymiz.
Аsossiz mish-mishlarga ishonmang! Barcha tumanimiz axolisini Navroʼz ayyomi bilan tabriklaymiz!
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Qanday brauzerdan foydalanasiz?