O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish uchun mamlakat poytaxti Toshkent shahrida uning nomidagi maydon barpo etilishi bo'yicha tashabbuslar bildirilmoqda.
"Birinchi Prezidentimizning Vatanimiz va xalqimiz oldidagi ana shunday tarixiy xizmatlarini doimo yodimizda saqlash bizning barchamiz uchun ham qarz, ham farz. Bu ulug' zotning xotirasini abadiylashtirish, jumladan, poytaxtimiz Toshkent shahri markazida ulkan maydon barpo etib, muhtaram Islom Abdug'aniyevichning ulug'vor haykalini o'rnatish haqida bugungi kunda minglab vatandoshlarimiz, keng jamoatchilik tomonidan ko'plab murojaat va takliflar kelib tushmoqda. Ishonchim komil, bu takliflarni sizlar ham albatta qo'llab-quvvatlaysizlar", degan O'zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, 4 dekabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston prezidenti saylovlarida Liberal-demokratlar partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etuvchi Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi saylovchilar bilan uchrashuvi vaqtida.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Вы откуда?