«O'zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr, chorshanba kuni O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san`at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.
O'zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev tantanali yig'ilishda ma`ruza qildi. Prezident kirib kelayotgan yangi — 2017 yilni O'zbekistonda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e`lon qilishni taklif etdi.
O'zbekiston Prezidentining bu taklifi yig'ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo'llab-quvvatlandi.
Ma`lumot uchun, O'zbekistonda 1997 yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo'nalishlarini ifoda etadigan nom berish an`anaga aylangan. 1997—2016 yillar oralig'ida yillarga quyidagicha nom berilgan:
2016 yil — Sog'lom ona va bola yili 2015 yil — Keksalarni e`zozlash yili 2014 yil — Sog'lom bola yili 2013 yil — Obod turmush yili 2012 yil — Mustahkam oila yili 2011 yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili 2010 yil — Barkamol avlod yili 2009 yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili 2008 yil — Yoshlar yili 2007 yil — Ijtimoiy himoya yili 2006 yil — Homiylar va shifokorlar yili 2005 yil — Sihat-salomatlik yili 2004 yil — Mehr va muruvvat yili 2003 yil — Obod mahalla yili 2002 yil — Qariyalarni qadrlash yili 2001 yil — Onalar va bolalar yili 2000 yil — Sog'lom avlod yili 1999 yil — Ayollar yili 1998 yil — Oila yili 1997 yil — Inson manfaatlari yiliскачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Вы откуда?