Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri jamoasi Yangi yil arafasida bolalar va ularning ota-onalarini “Katta teatrda superqahramonlar” nomli musiqiy ertak bilan xursand qilmoqda. Mazkur sahnalashtirilgan Yangi yil tomoshasi 11-yanvarga qadar namoyish etiladi.
Jajji tomoshabinlar tomosha avvalidayoq katta archa ostida joylashgan va meva, sabzavotlarning bahaybat tasviri aks etgan noodatiy dekoratsiya bilan bezatilgan “Archa-siti”ning sehrli atmosferasiga g‘arq bo‘ladi.
Tomoshaning asosiy qahramoni Tarvuzmen hisoblanadi. U quvnoq, jasur va kuchli. Tarvuzmen katta archa ostidagi shaharni yovuz qahramonlar Baqlajon va Robot o‘tinchilardan himoya qiladi. Shuningdek, bolajonlar Tandir-botir va albatta Qorboboni ham ko‘radi.
“Musiqiy ertakni sahnalashtirishdan maqsad do‘stlarsiz muammolarni hal qilib bo‘lmasligi va hatto maxsus kostyumlar kiymasdan ham qahramon bo‘lish mumkin, degan g‘oyani ilgari surish edi. Mening ertagim bolalarga shuni o‘rgatadi. Spektaklda rol ijro etgan har bir aktyor o‘z vazifasini a’lo darajada uddaladi”, — deydi spektakl muallifi va rejissori Ruslan Sherezdanov.
“O‘zbekistonda komikslar mavzusi unchalik ommabop emas, biroq Betmen, Supermen, O‘rgimchak odam, Xalk kabi superqahramonlar haqida hamma biladi. Men ham boshqalarga o‘xshamaydigan, o‘zimizning superqahramonimizni yaratishga qaror qildim. Tarvuzmen g‘oyasi shu tarzda tug‘ildi”, — dedi spektakl rejissori.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Qanday brauzerdan foydalanasiz?