Beruniy.Net » Новости » Passiv daromad nima? U orqali yaxshigina pul ishlasa bo'ladi
Passiv daromad nima? U orqali yaxshigina pul ishlasa bo'ladi
Kimdir qo'shimcha pul ishlab topish imkoniyatini izlasa, unga ko'pincha vaqtinchalik ish topish bo'yicha maslahat berishadi. Biroq buning uchun sizda vaqt va kuch bo'lmasa-chi? Mazkur holatda passiv tushum– siz tomondan kam vaqt kuch sarflab pul ishlash usullarini topishingiz kerak bo'ladi.
YouTube uchun videoroliklar tayyorlang Ushbu soha juda tez rivojlanyapti. Siz istalgan kategoriya – musiqali, ta`limga bog'liq, komediya, kinolar sharhi kabi yo'nalishlarda roliklar suratga olishingiz va uni YouTube’ga joylashtirishingiz mumkin. Keyin esa bu roliklar Google AdSense’ga ulansa, ularda avtomatik tarzda reklamalar paydo bo'ladi. Tomoshabinlar ushbu reklamalar ustida sichqonchani bossa, Google AdSense’dan pul olishni boshlaysiz.
Sizning muhim vazifangiz – munosib roliklarni yaratish, ularni ijtimoiy tarmoqlarda targ'ib etish va bir necha klipdan daromadni ta`minlash uchun yetarli miqdorni qo'llab-quvvatlash. Videoni suratga olish va montaj qilish u qadar mushkul emas, biroq shundan keyin juda uzoq vaqt davomida to'liq passiv daromad manbaiga ega bo'lasiz.
YouTube’da omadingiz kelishiga ishonmayapsizmi? Mishel Fan o'zining kosmetika va rasm chizishga bo'lgan qiziqishini video suratga olish bilan birlashtirib, 8 milliondan ortiq obunachilarga ega bo'ldi. Endilikda 800 million dollar kapitalizatsiyaga ega shaxsiy kompaniyasiga asos soldi.
Hamkorlik marketingini sinab ko'ring va sotishni boshlang Passiv daromadning bu texnikasi bloglar va faol internet-sayt egalari uchun ko'proq mos keladi. Qandaydir mahsulotlarni saytingizda targ'ib etib, qat`iy belgilangan to'lov yoki savdodan foiz olishingiz mumkin.
Bu yo'l bilan pul ishlab topish qiyin emas. Chunki o'zingiz payqaganingizdek, ko'plab kompaniyalar mahsulotlarini ko'proq joyda sotishdan manfaatdor.
Hamkorlik to'g'risidagi takliflarni ishlab chiqaruvchilar yoki ularning saytiga murojaat qilish orqali topish mumkin. Reklama qilinayotgan mahsulot yoki xizmat sizga qiziq bo'lsa yoki sayt mavzusiga to'g'ri kelsa, undan-da yaxshi.
Internetda o'zingiz ishlab chiqargan mahsulotlarni soting Bu sohada imkoniyatlar cheksiz: siz deyarli istalgan mahsulot va xizmatni sotishingiz mumkin. Bu siz tomondan, o'z qo'lingiz bilan tayyorlangan yoki raqamli mahsulot (dasturlar, DVD-disklar yoki ta`lim beruvchi video) bo'lishi mumkin.
Agar o'z saytingiz yoki blogingiz bo'lmasa, savdo uchun sohangizga mos resursdan foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, hamkorlik bitimini tuzib, mavzuga mos saytlarga yoki ClickBank (raqamli axborot mahsulotlarini sotish uchun Amerika marketpleysi) kabi platformalardan foydalanishingiz mumkin.
Internetda sotishni o'rganib, ko'p pul ishlab topishingiz mumkin. Balki bu to'liq passiv tushum emasdir, biroq har kuni tongda otlanish kerak bo'lgan odatiy ishga qaraganda passivroq.
Blog sotib oling Har yili minglab bloglar yaratiladi, biroz vaqt o'tgach, “tashlab ketiladi”. Agar tashrifchilarining soni ko'p bo'lgan blogni sotib ololsangiz, bu a`lo darajadagi passiv daromad manbaiga aylanishi mumkin.
Ko'plab bloglarda Google AdSense’dan foydalaniladi. U esa har oyda saytga joylashtirilgan reklama uchun haq to'laydi. Qo'shimcha tushumni ta`minlash uchun hamkorlik bitimlarini ham tuzim mumkin. Agar blogga ega bo'lsangiz, daromadning har ikki oqimi ham sizga tegishli bo'ladi.
Moliyaviy nuqtai-nazardan bloglar oylik kirimdan 24 marta ko'proq summaga sotilishi mumkin. Ya`ni, agar sayt oyiga 250 dollar ishlasa, uni 3000 dollarga sotib olishingiz mumkin. Demak, 3000 dollar kiritib, har yili 1500 dollar olish imkoniga ega bo'lasiz.
Egasi aktividan xalos bo'lishni istayotgan bo'lsa, saytni arzonroqqa sotib olishingiz mumkin bo'ladi. Ba`zi saytlarda “doimiy” materiallar bo'lib, yillar davomida o'z dolzarbligini yo'qotmaydi va daromad keltirishda davom etadi.
Foydali maslahat: Agar mana shunday saytni sotib olib, uni yangi ma`lumotlar bilan to'ldirsangiz, oylik tushum darajasini oshirish va biroz vaqt o'tgach, saytni olinganiga qaraganda qimmatroqqa sotish imkoniga ega bo'lasiz.
Vanihoyat, blogni sotib olish o'rniga shaxsiy blogni yaratish. Bu ham foyda olishning yaxshi usuli.
Suratlaringizni internet tarmog'ida foyda keltirishga majburlang Suratga olishni yoqtirasizmi? Agar javobingiz “ha” bo'lsa, uni passiv kirim manbaiga aylantirish mumkin. Shutterstock va iStockphoto kabi fotobanklar suratlarni sotish uchun sizga platforma taqdim etishlari mumkin. Siz sayt mijoziga sotilgan har bir suratdan foiz yoki qat`iy belgilangan mablag'ni qo'lga kiritasiz.
Bu holatda har bir surat tushumning yana va yana ishlashi mumkin bo'lgan alohida manbaiga aylanadi. Sizdan bor-yo'g'i portfolio yaratish, uni bir yoki bir necha platformaga yuklash talab etiladi. Shu bilan sizning faol harakatingiz yakunlanadi. Suratlarni sotish bilan bog'liq barcha texnik masalalar veb-platforma yordamida hal etiladi.
Elektron kitob yozing Albatta, bu ko'p mehnat talab qiladigan jarayon bo'lishi mumkin. Biroq kitobni yozib, uni savdo maydonchalariga joylashtirsangiz, u sizga yillar davomidagi tushumni kafolatlaydi. Kitobni shaxsiy saytda sotishingiz yoki kitob mavzusiga to'g'ri keladigan boshqa saytlar bilan hamkorlik bitimini imzolashingiz mumkin.
Haqiqiy kitob yozib mualliflik gonorarini qo'lga kiriting Elektron kitob yozish bilan bog'liq jarayon kabi bu yerda ham dastlab mehnat qilishga to'g'ri keladi. Biroq ish yakunlangach, kitob savdoga qo'yiladi va u butunlay passiv kirim manbaiga aylanadi.
Bu ayniqsa kitobni nashriyotga sotishga muvaffaq bo'lingan vaziyatga xos. U har bir savdodan gonorar to'laydi. Har bir sotilgan nusxadan foiz olasiz. Agar kitob mashhur bo'lsa, bu foizlar yirik mablag'ga aylanadi. Bundan tashqari, bu to'lovlar bir necha yillar davom etishi mumkin.
ObviousInvestor.com saytidan bo'lgan Mayk Payper yaqinda aynan shunday yo'l tutdi. U Amazon’dagina sotilgan “Sarmoyalar tushunarli til bilan” kitobini yozdi. Birinchi kitob shu qadar ommalashdiki, seriya yozishga undadi. Bu kitoblar jami bo'lib unga har yili olti raqamdan iborat summani olib kelmoqda.
Passiv biznes-hamkorga aylaning Biznesni kengaytirish uchun mablag'ga muhtoj muvaffaqiyatli kompaniya haqida bilasizmi? Agar javobingiz “ha” bo'lsa, siz qisqa muddatli farishtaga aylanib, ularga ushbu mablag'ni berishingiz mumkin. Kompaniya egasiga kredit berish o'rniga aksiyadan ulush so'rang. Bu holatda firma egasi kompaniya ishini boshqaradi,siz esa biznesda ishtirok etuvchi passiv hamkorga aylanasiz.
Sotadigan veb-sayt yarating Agar siz biror mahsulot haqida ko'proq ma`lumotga ega bo'lsangiz, uni sohaga mos saytda sotishingiz mumkin. Uslub xuddi o'zingiz tayyorlagan mahsulotni sotishga o'xshaydi.
Vaqt o'tishi bilan shunga o'xshash mahsulotlarni qo'shishingiz mumkinligini sezasiz. Agar bu ro'y bersa, katta foydaga ega bo'lishni boshlaysiz.
Agar mahsulotlarni bevosita ishlab chiqaruvchidan sotuvchiga yetkazib berish usulini topsangiz, “qo'lni-qo'lga urishga” ham to'g'ri kelmaydi. Balki bu yuz foizlik passiv pul ishlash usuli emasdir, biroq shunga juda yaqin.
Tavsiyalar manbaiga aylaning Har bir kichik biznes savdolarni qo'llab-quvvatlash uchun tavsiyalar manbaiga ehtiyoj sezadi. Siz doimiy ravishda foydalanadigan xizmatlarni ko'rsatuvchi va hamkorlik uchun tavsiya eta oladigan tadbirkorlar ro'yxatini tuzing. Ular bilan bog'laning, tavsiyalarga haq to'lash tizimi ko'zda tutilganini so'rang.
Ro'yxatga tanish hisobchi, landshaft dizaynerlari, elektriklar – istalgan odamni kiritish mumkin. Bu odamlar xizmatlarini o'z do'stlaringiz, qarindoshlar va hamkasblarga tavsiya etishga tayyor turing. Odamlar bilan muloqot qilib, har bir tavsiyadan komissiya olishingiz mumkin.
Ilova yarating Ilovalar tushumi katta daromad manbaiga aylanishi mumkin. O'ylab ko'ring, bugun deyarli hammada smartfon bor. Ilovalar odamlar hayotini osonlashtiradi.
Shundoq ham bajaradigan ishlar orqali pul ishlang Ha, siz shu paytgacha bajarib kelgan ishlaringiz orqali ham foyda olishingiz mumkin. Masalan, Inbox Dollars o'yin o'ynab, onlayn xaridlar qilib, internetda izlab va h.k orqali pul topish imkonini beradi. Swagbucks ham xuddi shu ishlarni amalga oshirib, foyda olishga yordam beradi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Erkak xonandalardan qaysilari yoqadi?