NASA Yupiterning tabiiy yo‘ldoshida geyzerlar aniqladi
“Xabbl” orbital observatoriyasi Yupiterning Yevropa nomli tabiiy yo‘ldoshi yuzasida geyzerlar — qaynoq buloqlar vujudga kelib, otilib turishi aks etgan noyob fotosuratlarni oldi. Bu haqda NASA shtab-kvartirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi, bu haqda “Daryo” nashri xabar beradi.
“Biz Yevropada geyzerlar mavjudligini ko‘rsatuvchi yangi dalillarni qo‘lga kiritdik. Ularning tashlamalari fazoga chiqib ketadi. Bizning yangi va ilgarigi ma’lumotlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, Yupiterning bu tabiiy yo‘ldoshi yuzasining ostida muz osti tuz okeani mavjud bo‘lib, u bir necha kilometr qalinlikdagi muz ostida nigohimizdan yashiringan. Geyzerlarning ochilishi shuni ko‘rsatmoqdaki, biz ularning tarkibini o‘rganishimiz va ularda hayot bor-yo‘qligini tushunishga urinishimiz mumkin”, — dedi Baltimor kosmik teleskop instituti vakili Uilyam Sparks.
Shu bilan birga, geyzerlarni kuzatish uchun kuchli asbob-uskunalarga ega Juno zondi bu tadqiqotlarda ishtirok etmaydi, chunki NASA avtomatik stansiya geyzer tashlamalarini ifslolantirishdan cho‘chimoqda.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Saytimiz sizga yoqdimi?