Hindistonda dunyodagi eng ulkan haykal barpo etilmoqda
Hindistonda dunyodagi eng ulkan haykal barpo etilmoqda Hindistonda insoniyat tarixidagi eng baland haykal qurilishi yakunlanmoqda. 180 metrlik yodgorlik mamlakat mustaqilligi uchun kurashgan Vallabxai Patelga bag‘ishlangan, deb yozadi National Geographic.
Gujarat shtati Vardodara shahri yaqinidagi sun’iy ko‘lda ulkan haykal 2014-yildan buyon barpo etilmoqda. Hindiston milliy kongressi yetakchisining haykaltaroshlik tasviri balandligi 182 metrga yetadi. Bu Xitoyning Xenan provinsiyasidagi 128 metrlik Budda haykalidan 54 metrga balanddir.
Qurilmaning umumiy balandligi uning asosi bilan birgalikda 240 metrni tashkil etadi. Konstruksiyaga 5 700 tonna po‘lat, 18 500 tonna temir armatura, 75 000 metr kub beton va 22 500 tonna bronza sarflanadi.
2017-yilning yozida haykal tizzasigacha (59 metr) qurilgan edi, ish 2018-yil davomida to‘liq yakunlanadi. Qurilish ishlari 2 400 ishchi tomonidan kun-u tun olib borilmoqda.
Автор :gubernator851 Просмотров:2121 комментариев : 0
0
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Qanday brauzerdan foydalanasiz?