NASA tovushdan tez samolyot sinoviga tayyorlanmoqda
Yodingizda bo‘lsa, bir muddat avval “Daryo” tovushdan tez uchuvchi Tu-144 va “Konkord” samolyotlari tarixi haqida maqola bergan edi. Unda tovushdan tez samolyotlar iqtisodiy va texnik jihatdan o‘zini oqlamagani tufayli ekspluatatsiyadan olingani aytilgan. Shu kunlarda xabar qilinishicha, endilikda Amerika aerokosmik agentligi – NASA ham o‘zi uchun an’anaviy bo‘lgan koinotga uchish vositalaridan tashqari, fuqaro aviatsiyasi sohasida ham sinovlar boshlab yuborgan. NASA mutaxassislari London va Nyu-York orasini atigi 3 soatda bosib o‘ta oladigan tovushdan tez uchadigan samolyot loyihasini sinovdan o‘tkazishga tayyorlanishmoqda ekan. Bunday samolyot loyihasi Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Jet X-59 nomini olgan. Samolyotda tovush zarbasini yengib o‘tish va shovqinni keskin kamaytirish imkonini beruvchi texnologiyalar qo‘llaniladi. Rejaga ko‘ra u, 16 700 metr balandlikda 1 512 kilometr/soat tezlik bilan uchadi va uning harakatidan shovqin deyarli hosil bo‘lmaydi.
Samolyotni yig‘ish ishlari hozirgi paytda Lockheed Martin kompaniyasining Kaliforniya shtatidagi Palmdeyl shahrida joylashgan Skunk nomli zavodida davom etmoqda. Samolyot tannarxi 247,5 million dollar atrofida bo‘lishi hisoblangan. Barcha sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlansa, Jet X-59 tovushdan tez ucharlari 2021-yildayoq tijorat qatnovlariga chiqishi mumkin.
NASA samolyotni sinovdan o‘tkazish uchun AQShning eng mohir sinovchi-uchuvchilari jalb qilinishini e’lon qilgach, hatto “Apollon-11” loyihasi ishtirokchisi, Oyga qadam qo‘ygan ikkinchi inson Bazz Oldrin Twitter’da hazil bilan murojaat qilgan. U “Ey, NASA’dagilar, agar bu qushchani jilovlash uchun sinovchi uchuvchi kerak bo‘lsa, men xizmatga tayyorman!”, degan tvit qoldirgan.
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Saytimiz sizga yoqdimi?