Marsni razvedka qilishga yuborilgan HiRES kamerali sun’iy yo‘ldosh “Qizil sayyora” yuzasining janubi-g‘arbiy qismida, Melas Chashma kanyonida, noodatiy suratlarni tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi. Suratlar Arizona universitetining saytida e’lon qilindi.
Suratlar 2007-yilning iyulida olingan, biroq dastlabki rakurs tadqiqotchilarga qiziqarli detalni payqash imkonini bermagan. Olimlarning aniqlashicha, suratga olingan hudud relyefi Xitoy ajdarining chizgilarni yodga soladi.
“Biz Melas Chashma janubi-g‘arbidagi materialning suratini ag‘darib ko‘rganimizda u afsonaviy Xitoy ajdarining ko‘rinishini yodga solib yubordi”, — deydi tadqiqotchilar.
Bu Mars yuzasida duch kelingan birinchi g‘ayrioddiy topilma emas. Bunga qadar tadqiqotchilar “Pakmen”ni, shuningdek, “Yulduzli yo‘l” serialidagi yulduzli flotning logotipiga ham duch kelgan.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Ayol xonandalardan qaysilari yoqadi?