Olimlar Marsda yashash uchun eng maqbul joyni topdi
AQSh Planetar tadqiqotlar markazi olimlari Mars sayyorasida koloniyachilar uchun keng, issiq, eng muhimi — meteorit va radiatsiyalardan himoyalangan boshpana qurish mumkin bo‘lgan hududni topdi, deb xabar beradi Life Science.
Ekspertlarning ogohlantirishicha, koloniyachilar hayot uchun muntazam xavf tug‘diradigan sharoitda ishlashiga to‘g‘ri keladi. NASA suv, oziq-ovqat va kislorodga bog‘liq muammoni yechishni o‘rganib olgan bo‘lsa-da, radiatsiya — qiyin masala. Undan turar joy modullarini to‘liq himoya qilish oson emas.
Xavfsiz boshpana yaratish bo‘yicha yangi tadqiqot mualliflari Marsning o‘ziga xos landshaftidan foydalanishni taklif etmoqda, ya’ni sayyoraning eng chuqur vodiysi — Ellada tekkisligida koloniya qurishni.
“Uning bir qator afzalliklari bor. Birinchidan, zich atmosfera qatlami sabab radiatsiya darajasining nisbatan kamligi — tepaliklarga qaraganda 50 foizga kam. Ikkinchidan, tekislikning shimoli-sharqida Adriatika tog‘i joylashgan — so‘ngan vulqonning notekis qotib qolgan lavalaridan hosil bo‘lgan ko‘plab bo‘shliqlar mavjud”, — deya aniqlik kiritadi olimlar.
Olimlarning hisoblashicha, ushbu teshiklar ichida yashash orqali koloniyada yashovchilar kuniga 61,64 mkZv/kun qabul qiladi, bu tishni bir kunda bir necha bor rentgenga tushirishdek gap. Bu esa tekislik yuzasidagidan 5 barobarga kam.
“Shuningdek, ular mikrometeoritlardan, harorat o‘zgarishi va Mars changidagi potensial xavfli moddalardan himoya qiladi”, — deydi olimlar.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Saytimiz sizga yoqdimi?