AQSh prezidenti tovushdan tez samolyotga ega bo‘ladi
Hermeus aerokosmik kompaniyasi AQSh Harbiy-havo kuchlari bilan prezident floti uchun tovushdan tez samolyotni yaratish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi.
2021-yilda Harbiy-havo kuchlari AQSh prezidentining parvozlarida foydalanishga mo‘ljallangan Boeing 747-8 samolyotlarini qabul qilib oladi, Hermeus shartnomasida samolyotlarni almashtirish imkoniyati nazarda tutilgan.
Kompaniyadagilarning ma’lum qilishicha, ular samolyot yetkazib berish bo‘yicha tanlovda soatiga taxminan 6125,22 kilometr tezlikni taqdim etishga qodir dvigatel prototipini taqdim etganlaridan so‘ng g‘olib chiqqan. Keyingi besh yil davomida Hermeus kelajak samolyotini yaratishni rejalashtirmoqda, tovushdan tez samolyotning tijoriy versiyasini yaratish 10 yilga qadar vaqt oladi.
Hermeus’ga 2018-yilda SpaceX, Blue Origin va Generation Orbit kompaniyalaridan chiqqan muhandislar asos solgan. 2019-yilda ishlab chiqaruvchi Nyu-Yorkdan Parijga qadar 90 daqiqada yetib borishga qodir samolyot yaratish niyatida ekanliklarini ma’lum qilgandi.
Avvalroq Britaniyada tovushdan tez uchadigan yo‘lovchi samolyot dizayni taqdim etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.скачать dle 10.5фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Опрос
Saytimiz sizga yoqdimi?